Jamiyat

Qarshi tumani sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyeva maktab direktori etib tayinlandi
17 noyabr 2022, 11:24

Qarshi tumani sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyeva maktab direktori etib tayinlandi

Salkam ikki yil Qarshi tumaniga rahbarlik qilgan Maqsuda Mustafoyeva maktabda ish boshladi. Sobiq hokim 16 noyabr kuni Qarshidagi 11-maktabga direktor etib tayinlangan. U hokimligida bir necha mojaroli ishlar ishtirokchisi sifatida ommaga tanilgandi.

Farg‘onada tibbiyot xodimini kaltaklagan shaxslarga jinoiy ish ochildi
17 noyabr 2022, 10:34

Farg‘onada tibbiyot xodimini kaltaklagan shaxslarga jinoiy ish ochildi

12 noyabr kuni Rishton tumanida otasining ahvoli yomonlashgani sabab tez yordamga murojaat qilgan shaxslar bemor shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgani uchun tibbiyot xodimini katlaklagani aytilmoqda. Tuman IIB holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi
17 noyabr 2022, 09:51

Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni Chimyonda qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi. Ehtiyot choralarini ko‘rish bilan birga «Diqqat! Qor ko‘chkisi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘radi.

Toshkentda ko‘cha yoritkichlarining tungi iste’molini cheklash boshlanadi
16 noyabr 2022, 22:44

Toshkentda ko‘cha yoritkichlarining tungi iste’molini cheklash boshlanadi

16 noyabr kunidan boshlab poytaxtdagi ko‘chalarni yoritish tarmoqlari «vaqtincha elektr energiyasi iste’molini cheklash rejimi»ga o‘tkaziladi.

Prezident O‘zbekistonda kibersportni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
16 noyabr 2022, 22:42 1

Prezident O‘zbekistonda kibersportni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Prezident O‘zbekistonda kibersport turlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, infratuzilmani rivojlantirish, sportchi va murabbiylarni tayyorlash, turnirlar o‘tkazish, shuningdek, kibersport haqida jamoatchilikda ijobiy fikrni shakllantirish rejalashtirilgan.

Air Arabia O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga parvozlar yo‘lga qo‘yishi mumkin
16 noyabr 2022, 22:00

Air Arabia O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga parvozlar yo‘lga qo‘yishi mumkin

Air Arabia kelgusi yilda Abu-Dabi tayanch aeroportidagi loukosterlar sonini 2 baravarga ko‘paytirmoqchi. Shunga muvofiq, kompaniya Samarqand yoki Buxoro shaharlariga muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yishi mumkin. Kelgusida esa Abu-Dabi — Toshkent o‘rtasidagi qatnovlar sonini haftasiga 7 martagacha oshirish kutilmoqda.

YUNESKOning 2030 yilgacha maktabgacha ta’lim sohasidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi
16 noyabr 2022, 20:40

YUNESKOning 2030 yilgacha maktabgacha ta’lim sohasidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi

Erta yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi yakunlari bo‘yicha YUNESKOning Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Uning asosiy tamoyillari o‘quv dasturlari sifatini oshirish, inklyuziv ta’lim va favqulodda vaziyatlarda ta’lim olish huquqini kafolatlash kabilardan iborat.

Urganch xalqaro aeroportiga rahbar tayinlandi
16 noyabr 2022, 20:08

Urganch xalqaro aeroportiga rahbar tayinlandi

Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi buyrug‘i bilan Gaipov Sunnatilla «Urganch» xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bunga qadar u Amritsarda aviatashuvchi vakil va Dehlida vakil yordamchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshqaruvchisiga hayfsan berdi
16 noyabr 2022, 17:59

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshqaruvchisiga hayfsan berdi

Toshkent shahar hokimi poytaxt Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi Anvar Umarovga boshqarma «balansida bo‘lgan texniklardan samarali foydalanmagani va ishda yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklari» uchun hayfsan berdi.

Ikki kunda 5 kishi is gazidan vafot etdi
16 noyabr 2022, 17:48

Ikki kunda 5 kishi is gazidan vafot etdi

13 noyabr kuni Xorazmda ijarada turgan ikki yigit, oradan ikki kun o‘tib Jizzaxda qariya ayol va uning ikki nabirasi is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Prezident investorlar huquqini himoya qilish bo‘yicha qo‘mita tashkil etishni taklif qildi
16 noyabr 2022, 17:44

Prezident investorlar huquqini himoya qilish bo‘yicha qo‘mita tashkil etishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining 1-yalpi majlisida qonun ustuvorligi, bank-moliya, xususiylashtirish, tabiiy resurslardan foydalanish, raqamlashtirish va yashil iqtisodiyot sohalariga chel ellik sarmoyadorlar va tadbirkorlarni hamkorlik qilishga chaqirdi.

Toshkent viloyatida yil boshidan beri 310 kg giyohvand moddalari musodara qilindi
16 noyabr 2022, 16:54

Toshkent viloyatida yil boshidan beri 310 kg giyohvand moddalari musodara qilindi

Yanvar-oktabr oylarida Toshkent viloyatida jami 310 kg giyohvand moddalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi. Shundan 70,1 kgmi o‘tgan oyda musodara qilindi.

Gulistonda suv ta’minotchi tashkilot inspektori pora bilan ushlandi
16 noyabr 2022, 15:42

Gulistonda suv ta’minotchi tashkilot inspektori pora bilan ushlandi

DXX tomonidan «Sirdaryo suv ta’minoti» kompaniyasining Guliston shahridagi nazoratchi-inspektori fuqaroning ichimlik suvidan 3,7 mln so‘mlik qarzdorligini yopib berish evaziga 1,7 mln so‘m olgan vaqtda ushlandi.

Buxoroda o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasi bilan ishdan ketdi
16 noyabr 2022, 15:42

Buxoroda o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasi bilan ishdan ketdi

Buxoro shahridagi 4-maktabda dars vaqtida sinfdagi barcha o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasi bilan ishdan bo‘shatildi. Holat bo‘yicha o‘rganish ishlari huquq-tartibot idoralari hamkorligida davom etmoqda.

Surxondaryoda bo‘rining terisini shilib olgan fuqaro jazolandi
16 noyabr 2022, 15:40

Surxondaryoda bo‘rining terisini shilib olgan fuqaro jazolandi

Sariosiyo tumanida o‘lik bo‘rini daraxtga osib qo‘yib, terisini shilayotganlar videosi tarqaldi. Aybdor topilib, unga nisbatan BHMning 10 baravari miqdorida jarima belgilandi.

Namanganda Usmon Nosir haykali ochildi
16 noyabr 2022, 15:19

Namanganda Usmon Nosir haykali ochildi

Namangan shahrida prezidentning Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida shoirning haykali o‘rnatildi. Qarorda, shuningdek, Toshkent va Namangandagi ko‘chalarga Usmon Nosir nomini berish ham ko‘rsatib o‘tilgan.

«Elektr energiyasidagi uzilishlarning sababi — yoqilg‘i yetishmasligida» — vazir o‘rinbosari
16 noyabr 2022, 13:16

«Elektr energiyasidagi uzilishlarning sababi — yoqilg‘i yetishmasligida» — vazir o‘rinbosari

Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev elektr energiyasidagi uzilishlarning sababini stansiyalarda elektr ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i yetishmasligi bilan izohladi. Uning aytishicha, O‘zbekistonda mavjud elektrning 85 foizi tabiiy gaz vositasida ishlab chiqariladi.

5 sutkaga qamalgan insta-bloger apellyatsiyadan so‘ng ozod qilindi
16 noyabr 2022, 11:48

5 sutkaga qamalgan insta-bloger apellyatsiyadan so‘ng ozod qilindi

Tarmoqlardagi «odob-axloq qoidalariga zid va fuqarolarning da’volariga sabab bo‘lgan» video va fotosuratlari sabab qamalgan insta-bloger apellyatsiyadan so‘ng ozod qilindi. Toshkent shahar sudining ajrimi bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi 4 sutkaga o‘zgartirildi.

Qashqadaryoda hokim yordamchisi kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani aytilmoqda
16 noyabr 2022, 11:29

Qashqadaryoda hokim yordamchisi kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani aytilmoqda

Dehqonobod tumani hokimi yordamchisi tadbirkorlar bilan kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hokim yordamchisiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Zangiotada «KamAZ» bilan to‘qnashgan Nexia-2 yonib ketdi
16 noyabr 2022, 11:11

Zangiotada «KamAZ» bilan to‘qnashgan Nexia-2 yonib ketdi

Toshkent viloyatidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida Nexia-2 «KamAZ» bilan to‘qnashdi. Zarb oqibatida Nexia-2 yonib ketdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting