«Toshshaharnur» davlat unitar korxonasi umumiy 16 noyabr kunidan boshlab vaqtinchalik ko‘cha yoritish tarmoqlarini tungi iste’molini cheklash tartibiga o‘tkazadi. Bu haqda korxona matbuot xizmati xabar berdi.

«Respublikamiz hukumati elektr energiyasi iste’molchilarining oldiga yana bir muhim vazifa — energiya resurslaridan ehtiyotkorlik va mas’uliyat bilan foydalanish vazifasini qo‘ydi. Toshkent shahri aholisi va mehmonlari kechki va tungi vaqtda yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklarni tushunadilar, shuningdek, kundalik hayotda elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishning umumiy vazifalarini hal qilishda faol ishtirok etadilar, deb umid qilamiz», — deyiladi xabarda.

Chorshanba kuni O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev Toshkentda ko‘chalarni yoritish va reklama LED-ekranlarini vaqtincha o‘chirish rejasini ma’lum qilgandi.