16 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisidagi nutq so‘zladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident so‘nggi yillarda O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirilayotganini qayd etib, milliy iqtisodiyotning ochiqligini ta’minlash va uning jahon iqtisodiyotiga integratsiyasi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishni islohotlarning asosiy yo‘nalishi etib belgilanganini ta’kidladi.

«Sizlarni ishontirib aytmoqchimanki, biz yurtimizda ochiq, jadal rivojlanayotgan zamonaviy davlat qurish maqsadida boshlangan islohotlar yo‘lidan ortga qaytmaymiz. Ishonchim komil, sizlarning har biringizda aniq va konstruktiv takliflar bor», — dedi davlat rahbari.

Shuningdek, Mirziyoyev Kengash doirasida rivojlantirilishi kutilayotgan bir qator sohalarga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Qonun ustuvorligi Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining bosh tamoyillaridan biri

«Keyingi yillarda yurtimizda xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash va mulkdorlar huquqlarini himoya qilish borasida misli ko‘rilmagan choralar hayotga joriy etildi. Bundan buyon fuqaro va tadbirkorlarga mulk huquqini so‘zsiz ta’minlash va himoya qilish shaffof va adolatli sud-huquq tizimi tomonidan kafolatlanadi», — dedi prezident.

Shu bilan birga, sud sohasiga bag‘ishlangan majlisda bu borada islohotlarning navbatdagi bosqichidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olinishini qayd etib, Xorijiy investorlar kengashi huzurida doimiy faoliyat yuritadigan Инвесторларniнг huquqini himoya qilish қўмиtaсиni tashkil qilish taklif etildi.

Bank-moliya sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish

Gap mazkur sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish, xorijiy banklarni O‘zbekistonga faol jalb etish, samarali fond bozorini shakllantirish haqida bormoqda.

Shavkat Mirziyoyev xorijiy sarmoyadorlarning bank-moliya sohasini yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif va tashabbuslari uchun ochiqlikni e’lon qildi.

Iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish va xususiylashtirishni yanada chuqurlashtirish

Prezident so‘nggi yillarda O‘zbekistonda 1 ming 200 ta davlat korxonalari xususiylashtirilib, kelgusi yilning o‘zida yana mingga yaqin korxona va ko‘chmas mulk obyektlari ham davlat tasarrufidan chiqarilishi rejalashtirilganini aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, davlat-xususiy sheriklik mexanizmini iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga faol tatbiq etilayotgani va qisqa muddatda mazkur yo‘nalishda sezilarli natijalarga erishilgani ham qayd etildi.

«Birgina energetika sohasida O‘zbekiston ushbu mexanizmlardan foydalangan holda 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ni jalb etdi. Kengash a’zolarini xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik dasturlarida faol ishtirok etishga taklif qilamiz», — dedi Mirziyoyev.

O‘zbekistonning boy tabiiy resurslarini o‘zlashtirishda katta imkoniyatlar

Davlat rahbari O‘zbekistonning oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoda 2-o‘rin, mis bo‘yicha 7-o‘rin, volfram bo‘yicha 8-o‘rin, kumush bo‘yicha 9-o‘rin, uran bo‘yicha 12-o‘rinni egallashini dadil sifatida keltirib, foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish sohasiga yirik investitsiyalarni jalb etish maqsadida geologik ma’lumotlarni ochiqlik joriy etilganini aytib o‘tdi.

«O‘ndan ortiq turdagi strategik foydali qazilmalarni o‘zlashtirish uchun soliq stavkalarini pasaytirdik, yer solig‘ini bekor qildik, maxsus texnikalarni bojxona to‘lovlaridan ozod etdik. Biz xomashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha aniq loyihalarni tayyorladik. Birgina misol. O‘zbekistonda yiliga 150 ming tonna mis qazib olinadi va uning atigi 70 ming tonnasi qayta ishlanadi», — dedi Mirziyoyev.

«Yaqin yillarda mis ishlab chiqarish hajmini 500 ming tonnaga yetkazamiz. Shu munosabat bilan mis кластyerиniбарпо etishga kirishdik. Uning hududida mis folgasi, elektrodvigatellar, quyosh panellari, kabel-o‘tkazgich mahsulotlari va boshqa yuqori qo‘shilgan qiymatli tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshira boshladik», — deya qo‘shimcha qildi u.

Prezident elektromobillarni ishlab chiqarish tarmog‘iga asos solish rejalarini haqida fikr bildirib, investorlarni ushbu yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik qilishga da’vat etdi.

O‘zbekistonda raqamlashtirish sohasiga investitsiyalarni jalb etish

Prezident, shuningdek, muhim sohalarni raqamlashtirish va hududlarda IT- texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha investorlar bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga chaqirdi.

O‘zbekistonning «yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirishdagi faol ishtiroki

Mirziyoyev «Strategiya» ga muvofiq, 2026 yilga borib muqobil manbalardan olinadigan energiyaning umumiy generatsiyadagi ulushini 25 foizga yetkazishni ta’kidladi.

Shu bilan birga, ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirish va qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish rejasini ma’lum qildi.

«Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Jahon banki bilan birga 2050 yilgacha milliy iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qilish strategiyasini ishlab chiqishga kirishdik.

«Yashil» loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni davom ettirishdan manfaatdormiz va ularda Kengash a’zolarining ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz", dedi prezident.