10 oy davomida giyohvandlikka chek qo‘yish borasida 1 186 holat fosh etilib, 1 000 dan ortiq shaxslar javobgarlikka tortildi, deya xabar qilmoqda Toshkent viloyati IIB matbuot xzmati.

O‘tgan oy mobaynida, giyohvandlik yo‘nalishi bo‘yicha jami 135 ta jinoyat fosh etilib, natijada 100 ga yaqin shaxs ushlandi va ulardan 70 kg 551 gr giyohvandlik vositasi olindi.

Yil davomida giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etganlar va ularning yashash xonadonlaridan jami 310 kg turli xil va ko‘rinishdagi giyohvandlik vositalari aniqlanib, muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Xususan, «Zarbdor» oyligi doirasida 14 noyabr kuni Piskent tumani IIB xodimlari tomonidan «Bahor» bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati 6-ko‘chasida yashovchi fuqaro, 1979 yilda tug‘ilgan N.B.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Tadbirda xonadonga quritish maqsadida saqlanayorgan, vazni 17 kg 250 gr bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olindi. Hozirda mazkur holat va boshqalari yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.