Jamiyat

Abdulla Qodiriy bog‘i «uzog‘i bilan Navro‘zgacha» foydalanishga topshiriladi
17 noyabr 2022, 18:19

Abdulla Qodiriy bog‘i «uzog‘i bilan Navro‘zgacha» foydalanishga topshiriladi

Martda rekonstruksiya uchun 3 oyga yopilgan Toshkentdagi Abdulla Qodiriy bog‘i hanuz ochilmadi. Hozirgacha park ta’miri uchun 5 mlrd so‘m sarflandi, 7 noyabr kuni esa poytaxt deputatlari yana 35 mlrd so‘m ajratdi. «Gazeta.uz» mehmonxonalar qurshovida qolayotgan parkdan reportaj tayyorladi.

O‘zbekistonga dronlarni kimlar olib kirishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi
17 noyabr 2022, 17:55

O‘zbekistonga dronlarni kimlar olib kirishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonga dronlarni olib kirishi uchun Turizm vazirligi, «Chorvoq» erkin turistik zonasi direksiyasi, «Geoinnovatsiya markazi» va YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy komissiyasiga ruxsat berildi.

6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
17 noyabr 2022, 17:36

6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishi sababli Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.

Senat saytiga kiberhujum uyushtirgan 16 yoshli o‘smir va uning sheriklariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17 noyabr 2022, 16:33

Senat saytiga kiberhujum uyushtirgan 16 yoshli o‘smir va uning sheriklariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Oliy Majlis Senatining rasmiy saytiga xakerlik hujumi uyushtirgan 16 yoshli o‘smir va uning sheriklari jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 278−2-moddasi 2-qismi «a» bandi (kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekat vaqtincha yopiladi
17 noyabr 2022, 15:13

Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekat vaqtincha yopiladi

Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekat 21 noyabrdan 6 dekabrga qadar yopiladi. Bu vaqtda yo‘l o‘tkazgichining yer ustki qismida demontaj ishlari amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar uchun 6 va 7-bekat oralig‘ida avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.

«Bojxona-servis» musodara qilingan tovarlarni sotadi
17 noyabr 2022, 14:02

«Bojxona-servis» musodara qilingan tovarlarni sotadi

Bojxona qo‘mitasi huzurida «Bojxona-servis» davlat muassasasi tashkil etildi. Tuzilma deklaratsiya xizmatlarini ko‘rsatadi, shuningdek, bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan tovarlarni sotish bilan ham shug‘ullanadi.

Farg‘onada 1,8 tonna iste’molga yaroqsiz yog‘ musodara qilindi
17 noyabr 2022, 13:06

Farg‘onada 1,8 tonna iste’molga yaroqsiz yog‘ musodara qilindi

O‘zbekiston tumanidagi yashirin sexda qalbaki yog‘ mahsulotlarini qadoqlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelganlar aniqlandi. U yerdan 1,8 tonna iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

«Energetikada monopoliya tugamas ekan, aholini gaz va elektr bilan ta’minlashda sifat o‘zgarmaydi» — Alisher Qodirov
17 noyabr 2022, 13:06

«Energetikada monopoliya tugamas ekan, aholini gaz va elektr bilan ta’minlashda sifat o‘zgarmaydi» — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov energetikada monopoliya tugamasa, aholini gaz va elektr bilan ta’minlashda sifat o‘zgarmasligini aytdi. «Muammo — boshqaruv va ta’minot tizimining eskirganida» — dedi u. Avvalroq vazir o‘rinbosari uzilishlar sababini yoqilg‘i yetishmasligi bilan izohlagandi.

Koreyadan turib terroristik tashkilotni moliyalashtirgan o‘zbekistonlik 10 yilga qamaldi
17 noyabr 2022, 11:48

Koreyadan turib terroristik tashkilotni moliyalashtirgan o‘zbekistonlik 10 yilga qamaldi

O‘zi va sheriklarining jami 24 mln so‘m miqdoridagi mablag‘larini «moliyaviy jihod» sifatida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali Suriyadagi jangarilarga yuborgan shaxs javobgarlikka tortildi.

Qarshi tumani sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyeva maktab direktori etib tayinlandi
17 noyabr 2022, 11:24

Qarshi tumani sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyeva maktab direktori etib tayinlandi

Salkam ikki yil Qarshi tumaniga rahbarlik qilgan Maqsuda Mustafoyeva maktabda ish boshladi. Sobiq hokim 16 noyabr kuni Qarshidagi 11-maktabga direktor etib tayinlangan. U hokimligida bir necha mojaroli ishlar ishtirokchisi sifatida ommaga tanilgandi.

Farg‘onada tibbiyot xodimini kaltaklagan shaxslarga jinoiy ish ochildi
17 noyabr 2022, 10:34

Farg‘onada tibbiyot xodimini kaltaklagan shaxslarga jinoiy ish ochildi

12 noyabr kuni Rishton tumanida otasining ahvoli yomonlashgani sabab tez yordamga murojaat qilgan shaxslar bemor shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgani uchun tibbiyot xodimini katlaklagani aytilmoqda. Tuman IIB holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi
17 noyabr 2022, 09:51

Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni Chimyonda qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi. Ehtiyot choralarini ko‘rish bilan birga «Diqqat! Qor ko‘chkisi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘radi.

Toshkentda ko‘cha yoritkichlarining tungi iste’molini cheklash boshlanadi
16 noyabr 2022, 22:44

Toshkentda ko‘cha yoritkichlarining tungi iste’molini cheklash boshlanadi

16 noyabr kunidan boshlab poytaxtdagi ko‘chalarni yoritish tarmoqlari «vaqtincha elektr energiyasi iste’molini cheklash rejimi»ga o‘tkaziladi.

Prezident O‘zbekistonda kibersportni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
16 noyabr 2022, 22:42 1

Prezident O‘zbekistonda kibersportni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Prezident O‘zbekistonda kibersport turlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, infratuzilmani rivojlantirish, sportchi va murabbiylarni tayyorlash, turnirlar o‘tkazish, shuningdek, kibersport haqida jamoatchilikda ijobiy fikrni shakllantirish rejalashtirilgan.

Air Arabia O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga parvozlar yo‘lga qo‘yishi mumkin
16 noyabr 2022, 22:00

Air Arabia O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga parvozlar yo‘lga qo‘yishi mumkin

Air Arabia kelgusi yilda Abu-Dabi tayanch aeroportidagi loukosterlar sonini 2 baravarga ko‘paytirmoqchi. Shunga muvofiq, kompaniya Samarqand yoki Buxoro shaharlariga muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yishi mumkin. Kelgusida esa Abu-Dabi — Toshkent o‘rtasidagi qatnovlar sonini haftasiga 7 martagacha oshirish kutilmoqda.

YUNESKOning 2030 yilgacha maktabgacha ta’lim sohasidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi
16 noyabr 2022, 20:40

YUNESKOning 2030 yilgacha maktabgacha ta’lim sohasidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi

Erta yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi yakunlari bo‘yicha YUNESKOning Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Uning asosiy tamoyillari o‘quv dasturlari sifatini oshirish, inklyuziv ta’lim va favqulodda vaziyatlarda ta’lim olish huquqini kafolatlash kabilardan iborat.

Urganch xalqaro aeroportiga rahbar tayinlandi
16 noyabr 2022, 20:08

Urganch xalqaro aeroportiga rahbar tayinlandi

Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi buyrug‘i bilan Gaipov Sunnatilla «Urganch» xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bunga qadar u Amritsarda aviatashuvchi vakil va Dehlida vakil yordamchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshqaruvchisiga hayfsan berdi
16 noyabr 2022, 17:59

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshqaruvchisiga hayfsan berdi

Toshkent shahar hokimi poytaxt Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi Anvar Umarovga boshqarma «balansida bo‘lgan texniklardan samarali foydalanmagani va ishda yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklari» uchun hayfsan berdi.

Ikki kunda 5 kishi is gazidan vafot etdi
16 noyabr 2022, 17:48

Ikki kunda 5 kishi is gazidan vafot etdi

13 noyabr kuni Xorazmda ijarada turgan ikki yigit, oradan ikki kun o‘tib Jizzaxda qariya ayol va uning ikki nabirasi is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Prezident investorlar huquqini himoya qilish bo‘yicha qo‘mita tashkil etishni taklif qildi
16 noyabr 2022, 17:44

Prezident investorlar huquqini himoya qilish bo‘yicha qo‘mita tashkil etishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining 1-yalpi majlisida qonun ustuvorligi, bank-moliya, xususiylashtirish, tabiiy resurslardan foydalanish, raqamlashtirish va yashil iqtisodiyot sohalariga chel ellik sarmoyadorlar va tadbirkorlarni hamkorlik qilishga chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting