Ichimlik suvidan qarzdorlikni yopib berishni va’da qilgan nazoratchi-inspektor ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikdagi tadbirda «Sirdaryo suv ta’minoti» kompaniyasining Guliston shahar bo‘limi nazoratchi-inspektori E.M. fuqaro D.Q. xonadonidagi 3,7 mln so‘m ichimlik suvidan qarzdorligini yopib berish evaziga 1,7 mln so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.