O‘zbekistonning turli hududlarida 4 kun ichida 4 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ularda 4 nafar kishi vafot etgan. Bu haqda YHXXning «Hafta ichida» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Xususan, 27 yanvar kuni soat 21:15 larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani KHAY ko‘chasida Spark avtomobilini xavfsizlik kamari taqmasdan boshqarib ketayotgan haydovchi, qayrilish taqiqlangan, uzluksiz chiziqdan yo‘lning qarama qarshi tomoniga o‘tgan.

Shu vaqtda Spark yo‘ning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan Lacetti bilan to‘qnashgan. Oqibatda Spark haydovchisi olgan jarohati sabab voqea joyida vafot etgan. Lacetti`ning old o‘rindig‘ida xavfsizlik kamarini taqmagan yo‘lovchi esa shifoxonaga yotqizilgan.

йтҳ

29 yanvar soat 00:10 larda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan 4R-35 avtomobil yo‘lining 17-kilometrida, haydovchi Lacetti avtomobilini noqulay ob-havo sharoiti va qalin tumanni inobatga olmay oraliq masofani saqlamay harakatlanib kelayotgan vaqtda shatakka olingan, orqa chiroqlari yonmagan VAZ 2105 bilan to‘qnashgan.

Zarb oqibatida shatakka olgan Nexia avtomobiliga ham zarar yetgan. Hodisa tufayli VAZ 2105 haydovchisi jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.

йтҳ

30 yanvar kuni 18:30 larda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Ahmad Yugnakiy ko‘chasida VAZ 2105 yo‘ldagi muzlamada sirpanib, aylanib ketgan va yo‘l chetidagi piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda shifoxonada vafot etgan.

Shuningdek, 30 yanvar soat 15:50 larda Jizzax shahridagi 4R-253 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida Nexia yo‘ning o‘ng tomon chekka qismidan chapga burilishni amalga oshirgan va orqasidan kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashgan.

йтҳ

Oqibatda Nexia avtomobilining 1 nafar yo‘lovchisi olgan jarohati sabab shifoxonada vafot etgan. Yana bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.