Foto: Ma’murjon Obrahmatov / «Gazeta.uz»
Foto: Benzinga navbat
Avvallari yilda bir yo ikki marta ro‘y beradigan narx o‘sishi arafasida kuzatiladigan, so‘nggi 5−6 yilda esa “avvalgi zamon"da qolib ketgandek tuyulgan benzinga navbatlar bu yilgi qish mavsumida yana kun tartibiga qaytdi. “Gazeta.uz” muxbiri Toshkent AYoQShlardagi navbatlarni fotosuratlarga muhrladi.
Кириллчада
6 fevral 2023, 12:13
Jamiyat
Dekabrdan kuzatilgan qattiq sovuqlar, yanvarda uning anomaliyaga aylanishi gaz ta’minotida jiddiy muammolar keltirib chiqardi. Oqibatda o‘tgan qishlarda hech bo‘lmasa ma’lum soatlarda ishlashiga ruxsat berilgan gaz-zapravkalar faoliyati bu safar energetika inqirozi, gaz yetishmovchiligi tufayli butkul to‘xtatildi, bu esa benzinga bo‘lgan talabning keskin oshishiga sabab bo‘ldi. Avvallari yilda bir yo ikki marta ro‘y beradigan narx o‘sishi arafasida kuzatiladigan, so‘nggi 5−6 yilda esa “avvalgi zamon"da qolib ketgandek tuyulgan benzinga navbatlar bu yilgi qish mavsumida yana kun tartibiga qaytdi.
Benzin ta’minotiga mas’ul korxona va tashkilotlar qish boshida yonilg‘i yetishmovchiligi haqidagi gap-so‘zlar asossiz ekanini iddao qilayotgandi. “O‘zbekneftgaz"ning so‘nggi bayonotida esa avtomobillarga benzin quyish shoxobcha (AYoQSh)laridagi uzun navbatlar sun’iy taqchillik va ortib borayotgan talabni qondirish uchun ishlab chiqarish quvvatlarining yetishmasligi oqibatida yuzaga kelayotganini ma’lum qildi.
Hukumat vaziyatni o‘nglash uchun Rossiyadan benzin import qilishga kirishgan. Bundan tashqari, kunlar ilishni boshlashi bilan gaz-zapravkalar faoliyati ham (xususan, karnay-surnay sadolari ostida) qayta tiklanmoqda. Haydovchilarning ta’kidlashicha, buning samarasi 4−5 fevraldan sezila boshladi — benzin-zapravkalardagi “kilometrlik navbatlar” siyraklashgan. “Gazeta.uz” muxbiri aynan shu kunlarda Toshkentdagi bir qator AYoQShlarda bo‘lib, navbatlarni fotosuratlarga muhrladi.
![4 fevral kuni peshinda UNG Petro’ning “Limonariya” shoxobchasi yopiq, uning zaxiralari Rossiyadan import qilingan va bir litri 6 ming so‘mdan sotilayotgan Ai-80 markali benzin bilan to‘ldirilayotgan edi. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”]()
4 fevral kuni peshinda UNG Petro’ning “Limonariya” shoxobchasi yopiq, uning zaxiralari Rossiyadan import qilingan va bir litri 6 ming so‘mdan sotilayotgan Ai-80 markali benzin bilan to‘ldirilayotgan edi. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”
![Ai-80 markali eng arzon benzin asosan UNG Petro’da sotilayotgani uchun bu yerda navbat Temur Malik va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishgan (“Ekobozor” oldidagi) chorrahagacha, taxminan 1 kilometrga cho‘zilgan edi. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”]()
Ai-80 markali eng arzon benzin asosan UNG Petro’da sotilayotgani uchun bu yerda navbat Temur Malik va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishgan (“Ekobozor” oldidagi) chorrahagacha, taxminan 1 kilometrga cho‘zilgan edi. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”
![Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”]()
Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”

![Botanika bog‘i qarshisidagi “Poytaxt Oil'da 4 fevral kuni 80 markali benzin yo‘q edi, shu sababli navbat ham Limonariyadagi kabi katta emasdi. Rossiyadan import qilingan Ai-92 markali benzinning bir litri 9500 so‘mdan sotilayotgandi. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
Botanika bog‘i qarshisidagi “Poytaxt Oil"da 4 fevral kuni 80 markali benzin yo‘q edi, shu sababli navbat ham Limonariyadagi kabi katta emasdi. Rossiyadan import qilingan Ai-92 markali benzinning bir litri 9500 so‘mdan sotilayotgandi. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
![Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.

![UNG Petro’ning “Davlat belgisi” korxonasi yonida (Bog‘ishamol ko‘chasida, Hayvonot bog‘iga yetmasdan) joylashgan shoxobchasida taxminan 350−400 metrlik navbat yuzaga kelgandi. Navbatning “sababchisi” — Ai-80 markali, 6 ming so‘mlik import benzin. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
UNG Petro’ning “Davlat belgisi” korxonasi yonida (Bog‘ishamol ko‘chasida, Hayvonot bog‘iga yetmasdan) joylashgan shoxobchasida taxminan 350−400 metrlik navbat yuzaga kelgandi. Navbatning “sababchisi” — Ai-80 markali, 6 ming so‘mlik import benzin. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
![Bu AYoQShda to‘rtta kolonka bo‘lib, dastlab ularning faqat ikkitasi ishlayotgandi. Qolgan ikkisi ham ochilgach, navbat tezda qisqardi. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
Bu AYoQShda to‘rtta kolonka bo‘lib, dastlab ularning faqat ikkitasi ishlayotgandi. Qolgan ikkisi ham ochilgach, navbat tezda qisqardi. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
![Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
![Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
![Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
![Samarqand Darvozadagi “Intran Servis'da 4 fevral Ai-80 markali benzin 6 ming so‘mdan, Ai-92 esa 9400 so‘mdan sotilayotgandi. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
Samarqand Darvozadagi “Intran Servis"da 4 fevral Ai-80 markali benzin 6 ming so‘mdan, Ai-92 esa 9400 so‘mdan sotilayotgandi. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
![Bir qatorlik navbat AYoQShdan 1-shahar kasalxonasiga qadar, taxminan 1,5 kilometrga cho‘zilgan, haydovchilar navbat bir soatda kelayotganini ta’kidladi. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
Bir qatorlik navbat AYoQShdan 1-shahar kasalxonasiga qadar, taxminan 1,5 kilometrga cho‘zilgan, haydovchilar navbat bir soatda kelayotganini ta’kidladi. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
![Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
![Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
![Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
![Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab uch qavatli ko‘prikka yaqinlasharkansiz, yo‘lning ikki tomonida uchta AYoQShni ko‘rish mumkin. UNG Petro’ning “Qorasuv” shoxobchasida 5 fevral kuni kechga yaqin taxminan 150−200 metrlik navbat bor edi. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab uch qavatli ko‘prikka yaqinlasharkansiz, yo‘lning ikki tomonida uchta AYoQShni ko‘rish mumkin. UNG Petro’ning “Qorasuv” shoxobchasida 5 fevral kuni kechga yaqin taxminan 150−200 metrlik navbat bor edi. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
![Avvalgi kunlar bilan taqqoslaganda — sezilarli kichkina navbat. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
Avvalgi kunlar bilan taqqoslaganda — sezilarli kichkina navbat. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
![Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
![UNG Petro’dan 250 metr o‘tilgach, “Mustang” AYoQShi keladi. Bu yerda navbat yo‘q, kolonkalarning ba’zilari hatto bo‘sh ham. Sababi — sotuvda Ai-80 yo‘q. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
UNG Petro’dan 250 metr o‘tilgach, “Mustang” AYoQShi keladi. Bu yerda navbat yo‘q, kolonkalarning ba’zilari hatto bo‘sh ham. Sababi — sotuvda Ai-80 yo‘q. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
![UNG Petro’ga qarama-qarshi tarafda joylashgan “Lukoyl'da 5 fevral oqshomida Ai-80 markali benzin yo‘q edi, shuning uchun aytarli navbat ham yo‘q. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
UNG Petro’ga qarama-qarshi tarafda joylashgan “Lukoyl"da 5 fevral oqshomida Ai-80 markali benzin yo‘q edi, shuning uchun aytarli navbat ham yo‘q. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
![Nafaqat Ai-92 yo 95, balki Ai-100 markali benzin ham sotiladigan bu shoxobchaning har kolonkasida nari borsa to‘rttadan mashina, ularning yarmidan ko‘pi xorijiy yo qimmatbaho. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
Nafaqat Ai-92 yo 95, balki Ai-100 markali benzin ham sotiladigan bu shoxobchaning har kolonkasida nari borsa to‘rttadan mashina, ularning yarmidan ko‘pi xorijiy yo qimmatbaho. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
![Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
![Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.]()
Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.