6 fevral kuni Buxoro viloyat sudi binosida Nukus voqealarida ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi, deb xabar qildi Oliy sud matbuot xizmati.

Iishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Dauletbay Razov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilmoqda.

нукус voqealari, sud ishи

Ayblov xulosasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi (Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qo‘rqitib shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatish, qirg‘in solish, o‘t qo‘yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish) bilan quyidagilar ayblanmoqda:

  1. Alimbay Mыrzambetov (1979 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, ishsiz),
  2. Dauletkeldi Nadirbayev (1988 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, AT «Xalq banki» Taxtako‘pir filiali yuristi),
  3. Kamal Yeshjanov (1999 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, ishsiz),
  4. Muratbay Pirlepesov (1978 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, yakka tartibdagi tadbirkor),
  5. Adilbek Sariyev (1985 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, yollanma ishchi),
  6. Nusret Bauyetdinov (1970 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, ishsiz),
  7. Alysher Sharapov (1989 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, ishchi),
  8. Ongarbay Mamutov (1966 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, 2-guruh nogironi),
  9. Zamirbek Tadjimuratov (1988 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, ishsiz),
  10. Timurbek Ismailov (1997 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, 12-sonli maktab o‘qituvchisi),
  11. Rasul Sultaniyazov (1990 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, «Trans Less» MCHJ ishchisi),
  12. Omirbek Kurbanov (1986 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi),
  13. Raximjan Jumabayev (1992 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, taksi haydovchisi),
  14. Abzal Naurizbayev (1996 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi),
  15. Nurmuxammed Genjebayev (2004 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, ishsiz),
  16. Islambek Aitmuratov (1993 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, Qo‘ng‘irot vagon deposi vagon tekshiruvchisi),
  17. Aydos Yesemuratov (1993 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, ishsiz),
  18. Kuanishbay Begaliyev (1989 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, «Trans yo‘l qurilish» MCHJ haydovchisi),
  19. Manas Raxmanov (1993 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — o‘zbek, «Zarqand» qandolatchilik mahsulotlari korxonasi agenti),
  20. Amantay Seytmuratov (1976 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, ishsiz).

нукус voqealari, sud ishи

Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244−1-moddasi 3-qismining «a», «g» bandlari (oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan, ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan:

  1. Polat Yesengeldiyev (1989 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ vagon kuzatuvchisi),
  2. Oralbay Dosnazarov (1977 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — o‘zbek, «Nыzam ustinligi» AH advokati),
  3. Islam Polatov (1999 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, ishsiz),
  4. Sharapat Ashirbekov (1979 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, ishsiz),
  5. Dao‘ranbek Ramanov (1996 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, ishsiz),
  6. Abdimalik Xojanazarov (1974 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, «Yel xыzmetinde» gazetasi bosh muharriri bo‘lib ishlagan),
  7. Yesimqan Qanaatov (1981 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, «Ishonch» gazetasi muxbiri)

Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «a» bandi (ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) va 244-moddasi 3-qismi bilan:

  1. Rustam Dosыmbetov (1985 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, ishsiz),
  2. Kongratbay Bekpolatov (1985 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, «Berdi-Trans» MCHJ haydovchisi),
  3. Ruslan Baimbetov (1988 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, «Davlet Trans» MCHJ haydovchisi),
  4. Quanыshbay Baxiyev (1988 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi),
  5. Islam Saparov (1989 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi),
  6. Nuratdiyin Xabipov (1992 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, Milliy gvardiya Nukus shahar qo‘riqlash bo‘limi safdori bo‘lib ishlagan),
  7. Zairbek Pirjanov (1986 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, Nukus shahridagi Prezident maktabi haydovchisi)

Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «a» bandi, 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi (o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) 3-qismi «a» bandi bilan:

  1. Nursultan Duysenbayev (1998 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qozoq, mavsumiy ishchi),
  2. Nursultan Baylepesov (1993 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, haydovchi),
  3. Alpamыs Jumabekov (1994 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, mavsumiy ishchi),
  4. Azamat Allanazarov (1997 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, yo‘nalishli taksi haydovchisi)

Bundan tashqari, Asilbek Omirzakov (1991 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qozoq, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi) Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) 2-qismi «a», «v» bandlari va 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

нукус voqealari, sud ishи

Barcha sudlanuvchilarga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dekabr oyi o‘rtalarida Bosh prokuratura Nukus voqealari bo‘yicha ayblanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiqlash so‘roviga javoban ularning umumiy soni 171 nafarni tashkil etganini ma’lum qilgan edi. Bundan tashqari, 22 nafar shaxsga nisbatan sud jarayoni 31 yanvar kuni yakuniga yetdi, yana bir ish alohida protsessga bo‘lingan bo‘lib, unda 39 nafar shaxs ishtirok etmoqda.