2 fevral kuni soat 15:30 larida Andijon tumanidagi «Qoratut» mahallasi hududida yuk mashinasi 21 yoshli ayolni bosib ketdi. Bu haqda Milliy TV telekanalining «Millar» dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, yuk avtomobili haydovchisi qayrilib olayotgan vaqtida yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan. Piyoda chap oyoq boldir qismi va bosh suyagining yopiq sinishi tan jarohati bilan shifoxonaga olib borilgan.

Biroq ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.

«Piyoda uyiga yaqinroqligi uchun ushbu yo‘lni kesib o‘tgan. Haydovchi chap tomondan o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolgan», — dedi viloyat YHXB xodimi Saidulloh Dadaboyev.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.