4 fevral kuni Qoraqalpog‘istonning «Jasliq» posyolka fuqarolar yig‘ini (PFY)da Nexia-3 va Mersedes-Benz yuk mashinasi tuqnashdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Nexia-3 haydovchisi A-380 «G‘uzor- Buxoro- Nukus- Beyneu» avtomobil yo‘li bilan Qo‘ng‘irot tumani «Jasliq» PFY markazidan Qo‘ng‘irot tumani yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelgan. Shu yo‘lning 960 — 961-kilometriga kelganda avtotransport boshqaruvini yo‘qotgan.

Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Mersedes-Benz yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Kruz.uz saytining ma’lumot berishicha hodisa sabab 5 kishi vafot yetgan. Ularning ikkitasi erkak uchtasi esa ayol kishi bo‘lgan. Ularning hammasi «Jasliq» posyolkasida yashagan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Holat yuzasidan hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV qoshidagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266- moddasi 3-bo‘lim «a» (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.