“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari 2023-yilning 31-iyulidan boshlab regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi. Bu haqda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi xabar qildi.

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishlar doirasida amalga oshirilishi belgilandi:

  • har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
  • barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
  • suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish;
  • qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
  • mamlakatni xavfsiz va tinchliksevar davlatga aylantirish ishlarini davom ettirish.

Fuqarolar loyihalarning muhokamasida ishtirok etib, o‘z takliflarini regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallariga yuborishi mumkin.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Jamoatchilik muhokamasi 2023-yil 9-avgustga qadar davom etadi.