O‘zgidromet xizmati agentligi ish haftasi — 31-iyul — 4-avgust sanalarida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, kunduz kunlari havo +35…+40 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +42 darajagacha isiydi, o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi.

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida 1-avgust kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

31-iyul va 1-avgustda shimolda va cho‘l hududlarda, 3−4-avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Keyingi dam olish kunlari esa harorat foni biroz pasayishi kutilmoqda, kunduzgi harorat +33…+38 daraja atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3−6 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 8−10 m/s gacha kuchayadi. Harorat 31-iyul — 4-avgustda +38…+40 daraja atrofida bo‘ladi.