1-avgustdan 13-avgustga qadar 2023−2024 o‘quv yili uchun Toshkent shahridagi bir nechta manzillarda test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan ushbu manzillar orqali harakatlanuvchi shahar jamoat transporti yo‘nalishlarining harakati soat 5:00 dan tashkil etiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar orqali harakatlanuvchi shahar jamoat transporti yo‘nalishlari (19, 50, 63, 115, 85, 88, 152, 24, 51, 67, 91, 93, 95, 140, 2, 38, 89, 136, 44, 68, 155, 17, 58, 60, 76, 53, 64, 65, 141, 196, 133 m va 28m) bilan quyidagi suratda batafsil tanishish mumkin.

автобуслар

Xarita: “Toshshahartransxizmat”