Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi davlat inspektorlari va Jizzax viloyat prokuraturasi xodimlari navbatdagi reyd tadbirini o‘tkazdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi Tuzkon bo‘limi hududida o‘tkazilgan reyd davomida fuqaro Sh. M. tomonidan sanoatbop o‘lchamdan kichik bo‘lgan jami 175 bosh oqsila (sudak) baliqlari noqonuniy ravishda ovlangani aniqlangan.
Qonun buzilishi oqibatida hayvonot dunyosiga 57 million 750 ming so‘m zarar yetgan. Ashyoviy dalil sifatida noqonuniy ravishda ovlangan baliq mahsulotlari hamda 1 dona “Progress” rusumli qayiq va 1 dona Yamaha-30 rusumli qayiq motorlari olib qo‘yilgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Ushbu holatda jinoyat alomatlari borligi sababli to‘plangan hujjatlar Jizzax viloyat prokuraturasiga yuborilgan.