Sirdaryo viloyati Guliston tumani “Yulduz” MFY hududidan oqib o‘tuvchi zovurga Cobalt haydovchisi boshqaruvini yo‘qotish oqibatida tushib ketdi, deya xabar qildi viloyat FVB axborot xizmati.

Holat 31-iyul kuni soat 09:10 da sodir bo‘lgan. Voqea joyiga FVB qutqaruv otryadi yetib borib, maxsus asbob-anjomlar va texnika yordamida avtomobil zovurdan olib chiqilgan.

Unga qadar, avtomobil haydovchisi va yo‘lovchi mustaqil tarzda qirg‘oqqa chiqib olishgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.