Avgust oyida O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda avgust oyining dastlabki besh kunida harorat +40 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ngra +33…+38 darajagacha pasayadi. Oyning ikkinchi yarmida harorat qisqa muddatga yanada pasayishi mumkin. Faqat tog‘li hududlarda yomg‘ir kutilmoqda. Umuman olganda, oy davomida o‘rtacha issiq kuzatiladi.

OTM imtihonlari sababli Toshkentda ayrim avtobuslar ishi 5:00 dan boshlanadi

1-avgustdan 13-avgustga qadar OTMlarga kirish testlari o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtda ayrim avtobuslar soat 5:00 dan ish boshlaydi.

17 mingta magistratura kvotasi uchun 20 ming abituriyent hujjat topshirdi

2023/2024 o‘quv yilida 17 mingta magistratura kvotasi uchun 20 ming abituriyent ariza yubordi. Ularning 13,2 ming nafari — xotin-qizlar. Hujjat topshirganlarning 4 foizida davlat mukofoti bor yoki nomdor stipendiya sohibi. 3 foizi esa nogironlik imtiyoziga ega.

“Vaqtni yanada samaraliroq sarflash mumkin edi”. Psixolog — bolalar bog‘chasidagi “ma'ruza” haqida

Bog‘chada IIO xodimlari o‘tkazgan “tarbiyaviy soat” ko‘plab savollar tug‘dirdi. Hatto prezident ham ushbu masalaga to‘xtaldi. “Gazeta.uz” psixolog Zulayho Shermatovadan vaziyatga izoh berishni so‘radi. U bolalarning yoshini hisobga olish va bolalar bilan muloqot qiladigan odamlarni tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Yanvar-iyun oylarida 6 nafar maktab o‘quvchisida erta tug‘uruq aniqlandi

2023-yilning ilk 6 oyida 6 nafar maktab o‘quvchisida erta tug‘uruq aniqlandi. Holatlarning 2 tasi Qashqadaryoda kuzatilgan, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryoda 1 tadan qayd etilgan. “Bularning aksariyati yozgi ta’til yoki o‘qishdan tashqari paytda sodir bo‘lgan”, — deydi Maktab vazirligi vakili.

O‘zbekistonda Xitoy kompaniyalari intellektual transport tizimini yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston Xitoyning Yutong Bus Co., Ltd kompaniyasi bilan haydovchisiz transport vositalari bo‘yicha, Magnetic North kompaniyasi bilan aqlli transport tizimini yo‘lga qo‘yish va Hikvision kompaniyasi bilan esa innovatsion videokuzatuv tizimlari hamda sun’iy intellekt texnologiyasi sohasida hamkorlik qiladi.

Farg‘onada 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolning ozodligi 5 yilga cheklandi

Farg‘ona viloyatida ayol kvartira sotib olish uchun 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgandi. Sud uning homilador ekani va oilada yagona boquvchi bo‘lganini hisobga olib, ayolga nisbatan 5 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

10 yoshli qizdan intim suratlarni yuborishni talab qilgan erkak 4,5 yilga qamaldi

O‘zini 15 yoshli qiz bola maktab o‘quvchisi deb tanishtirgan erkak 10 yoshli qizga pornografik xarakterdagi video va suratlarni yuborib, undan ham shunday suratlarini yuborishni talab qilgan. Toshkent viloyati sudi erkakni 4,5 yilga manzil-koloniyaga hukm qildi.

Toshkentda noqonuniy hujra o‘quvchisi o‘zini 5-qavatdan tashladi

Shayxontohur tumanida bolalarni urib, islom dinidan noqonuniy dars bergan shaxs 15 sutkaga qamaldi. Uning kaltaklashi oqibatida 4 bola jarohat olgan. Bir nafar bola 5-qavatdan o‘zini tashlagan. Voyaga yetmaganlarning ota-onalari ham javobgarlikka tortildi.

Samarqandda arxeologik obyektlarga 9 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi

Urgut tumanidagi qator arxeologiya yodgorliklari buzilishi va kovlanishi oqibatida obyektlarga 9 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Strategiyada 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan.

Importning o‘sishi dollar kursiga bosim o‘tkazmoqda — Markaziy bank raisi

Milliy valyutaning kuchsizlanishiga importning o‘sishi ham ta’sir qilmoqda, dedi Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mavsumiy hodisa hisoblanadi va bugungi valyuta kursi tashqi savdo operatsiyalarining haqiqiy ko‘rinishini aks ettiradi.

Tashqi ishlar vazirligi yana boshqa binoga ko‘chdi

Tashqi ishlar vazirligi sobiq Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi binosiga ko‘chdi. TIV binosida esa yangi tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi joylashadi.

Qoraqalpog‘istondagi hujjatsiz uy-joylarga mulk huquqi beriladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqi e’tirof etiladi.