“Toshkent issiqlik markazi” MCHJga qarashli 5-IM qozonxonasi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni bajarish uchun to‘xtatilishi munosabati bilan 12-oktabr soat 00:00 dan 13-oktabr soat 00:00 gacha Chilonzor va Uchtepa tumanlarining bir qancha daha va ko‘chalarida issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar qildi.

Quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Zargarlik, Lutfiy, Guliston, Farhod, Naqqoshlik, Shirin, Maqsud Shayxzoda, Qatortol 2-ko‘chasi, Katta Xirmontepa, Taqachi, Katta halqa yo‘li, O‘rikzor, Beshqayrag‘och, To‘qimachi, Nashriyot, Yusuf Sakkokiy, Foziltepa ko‘chalari;
  • Chilonzor dahasi 10−26, 30, 31, G9A, 20A mavzelari, Naqqoshlik, Sharq, Guliston, Al-Xorazmiy 1−2, Beshqayrag‘och, Izza dahalari;
  • O‘rikzor bozori doirasida.

Qayd etilishicha, issiq suv ta’minoti 5-IM qozonxonasi ishga tushishi bilan darhol tiklanadi.