Jamiyat

UzAuto Motorsʼga bir yilda 2 tadan ko‘p mashina sotib olganlarga keyingi yil mashina sotmaslik huquqi berildi
26 dekabr 2023, 17:17

UzAuto Motorsʼga bir yilda 2 tadan ko‘p mashina sotib olganlarga keyingi yil mashina sotmaslik huquqi berildi

O‘zbekiston hukumati yangi avtomobillarni chakana sotish tartibiga o‘zgartirishlar kiritdi. Endilikda UzAuto Motors mijoz bilan 12 oy ichida ikkitadan ortiq oldi-sotdi shartnomasi tuzgan bo‘lsa, u bilan avtomobil yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin bo‘ladi.

Navoiyda 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi
26 dekabr 2023, 16:04

Navoiyda 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi

Odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyati uchun Navoiy shahridagi koloniyada saqlangan 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi. Ombudsman matbuot xizmati u ruhiyatida o‘zgarishi bor mahkumlar ro‘yxatida turgani, “noodatiy xatti-harakatlari” sababli o‘limidan bir kun avval alohida saqlana boshlaganini bildirdi.

O‘zbekistonda yil davomida 9,2 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari musodara qilindi
26 dekabr 2023, 15:25

O‘zbekistonda yil davomida 9,2 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari musodara qilindi

O‘zbekiston bojxonachilari tomonidan yil davomida qariyb 9,2 tonna giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu o‘tgan yilgidan 12 barobarga ko‘r. Ularning katta qismi — 8,5 tonnasi sentabr oyida qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan rekord partiya bo‘ldi.

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga salkam 600 ming dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi
26 dekabr 2023, 14:34

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga salkam 600 ming dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi

Namangan tuman sudi O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 590 ming AQSh dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan 4 nafar shaxsga hukm o‘qidi. Ayblanuvchilarning 2 nafari 5 yilga, yana 2 nafari esa 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Dori moddalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid norma bekor qilinishi mumkin
26 dekabr 2023, 12:52

Dori moddalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid norma bekor qilinishi mumkin

Deputatlar dori moddalari (substansiyalar)ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid normani bekor qilish nazarda tutilgan qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, loyihada SSV vakolatidan retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini yiliga kamida bir marta tasdiqlash normasi chiqarilmoqda.

Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitiladi
26 dekabr 2023, 10:59 3

Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitiladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 1-yanvardan maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron berish tizimi joriy qilinadi. Sertifikatga ega direktorlar 3 yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etiladi.

Toshkentda kameralar avtobus yo‘laklarida to‘xtaganlik uchun bir kunda 175 ta jarima qayd etdi
26 dekabr 2023, 10:07

Toshkentda kameralar avtobus yo‘laklarida to‘xtaganlik uchun bir kunda 175 ta jarima qayd etdi

24-dekabr kuni Toshkentning Amir Temur va Alisher Navoiy ko‘chalarida o‘rnatilgan beshta kamera avtobus yo‘lagida to‘xtagan 175 nafar haydovchiga jarima soldi.

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizga o‘gay onasi tomonidan zo‘ravonlik qilingani aniqlandi
26 dekabr 2023, 10:04

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizga o‘gay onasi tomonidan zo‘ravonlik qilingani aniqlandi

Zangiota tumanida 13 yoshli qizga nisbatan o‘gay onasi tomonidan zo‘ravonlik qilingani aniqlandi. Ayolning ruhiy holatiga huquqiy baho berish uchun ekspertiza tayinlandi.

16 kishi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga tasdiqlandi
26 dekabr 2023, 09:17

16 kishi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga tasdiqlandi

Prezident Fanlar akademiyasining 16 nafar yangi haqiqiy a’zosini tasdiqladi. Ular orasida qator ilmiy muassasalar rahbarlari va xodimlari bor. Bungacha FAning haqiqiy a’zolari ro‘yxati 2017 va 1995-yillarda to‘ldirilgandi.

O‘zbekistonda oiladagi zo‘ravonlikni qoralovchi va muvaffaqiyatli xotin-qizlarga bag‘ishlangan filmlar suratga olinadi
25 dekabr 2023, 23:45

O‘zbekistonda oiladagi zo‘ravonlikni qoralovchi va muvaffaqiyatli xotin-qizlarga bag‘ishlangan filmlar suratga olinadi

Oilaga tayyorgarlik mavzulari maktab o‘quv dasturiga biologiya va tarbiya fanlari doirasida kiritiladi. Ona tili va chet tili fanlarida o‘quvchilarga “oila muqaddasligini ochib beradigan” mavzular o‘qitiladi. Oiladagi zo‘ravonlikni qoralovchi va muvaffaqiyatli xotin-qizlarga atalgan kino va reklamalar ishlanadi.

Qanday qilib AQShda bepul o‘qish mumkin? Abduaziz Isoqulov hikoyasi
25 dekabr 2023, 19:00

Qanday qilib AQShda bepul o‘qish mumkin? Abduaziz Isoqulov hikoyasi

Abduaziz Isoqulov AQSh hukumatining OTM talabalari uchun mo‘ljallangan eng yirik — Fulbright stipendiyasini yutib olib, Nyu-Yorkdagi Fordhem universitetining xalqaro huquq yo‘nalishiga o‘qishga kirgan. “Xorij diplomi” loyihasida u stipendiya, Amerika ta’lim tizimi va ish istiqbollari haqida so‘zlab berdi.

Bayram kunlari Toshkentdagi avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi
25 dekabr 2023, 17:41

Bayram kunlari Toshkentdagi avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi

Toshkentda avtobuslar 30-dekabrdan 2-yanvarga qadar yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida, 6-yanvar — shanba kuni esa ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.

Buxoroda aholiga ajratilgan 800 tonnadan ortiq ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi
25 dekabr 2023, 17:12

Buxoroda aholiga ajratilgan 800 tonnadan ortiq ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi

Buxoroning Vobkent, Olot, Qorako‘l va Jondor ko‘mir omborlarida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berilishi kerak bo‘lgan 806,4 tonna ko‘mir noqonuniy sotib yuborilgani ma’lum bo‘ldi.

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan sobiq IIB xodimi 15 yilga qamaldi
25 dekabr 2023, 17:02

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan sobiq IIB xodimi 15 yilga qamaldi

Bo‘stonliq tumani sudi 31 yoshli sobiq profilaktika inspektorini voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda aybdor deb topib, unga 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Jinoyat uchun shart-sharoit yaratib bergan 3 kishiga nisbatan ish ochish masalasi bo‘yicha prokurorga xabar yuborildi.

Zo‘ravonlik kuzatilgan oilalarda yarashish muddatisiz er-xotinni ajratish rejalashtirilmoqda
25 dekabr 2023, 16:01

Zo‘ravonlik kuzatilgan oilalarda yarashish muddatisiz er-xotinni ajratish rejalashtirilmoqda

Zo‘ravonlikka uchragan jabrlanuvchining talabiga ko‘ra sud tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlarning soddalashtirilgan tartibda, yarashish uchun muhlat tayinlamasdan hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. Mazkur qonun loyihasini tayyorlash Vazirlar Mahkamasi va Oliy sudga topshirildi.

Bolalar ombudsmani Qashqadaryoda jinsiy qullikda saqlangan 14 yoshli qiz bilan uchrashdi
25 dekabr 2023, 14:42

Bolalar ombudsmani Qashqadaryoda jinsiy qullikda saqlangan 14 yoshli qiz bilan uchrashdi

Bolalar ombudsmani Qashqadaryoda 7 oy davomida jinsiy qullikda saqlangan 14 yoshli qiz bilan uchrashdi. Hozirda qizning ahvoli barqaror ekani, psixolog u bilan muntazam ishlayotgani ta’kidlandi. Jarayon ustidan kuzatuv davom ettiriladi.

Toshkentda jinoyat qilishda gumonlangan yana 9 kishi qo‘lga olindi
25 dekabr 2023, 14:27

Toshkentda jinoyat qilishda gumonlangan yana 9 kishi qo‘lga olindi

Toshkentda tovlamachilik va giyohvand moddalari bilan bog‘liq jinoyatlarda gumon qilinib, yana to‘qqiz kishi hibsga olindi. Ichki ishlar bosh boshqarmasi ularning ismi va suratlarini e’lon qildi.

UzAuto Motors ishlamay qolgan kontraktatsiya tizimini tikladi
25 dekabr 2023, 12:54

UzAuto Motors ishlamay qolgan kontraktatsiya tizimini tikladi

UzAuto Motors kiberhujumlarga uchragan va ishlamay qolgan kontraktatsiya tizimini qayta ishga tushirdi. Onlayn kontraktatsiya 25-dekabr kuni soat 14:00 da yana ochiladi va faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Hafta davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
25 dekabr 2023, 12:54

Hafta davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda 26−27 va 29-dekabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi, shimolda qorga aylanishi kutilmoqda. Harorat kechalari +2…+7, kunduzi +8…+13 daraja (29-dekabrda +5…+10) iliqqacha pasayadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Oilaviy nizolarni ko‘rish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan Oila sudyalari tashkil etiladi
25 dekabr 2023, 12:05

Oilaviy nizolarni ko‘rish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan Oila sudyalari tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan 1-fevraldan Samarqand shahar, Namangan tumanlararo va Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudlarida Oila sudyalari tashkil etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting