Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Buxoro viloyatida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berilishi kerak bo‘lgan 806,4 tonna ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi.

Xususan, “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Buxoro viloyat filiali Vobkent ko‘mir omborida 455,7 tonna, Olot ko‘mir omborida 205,3 tonna, Qorako‘l ko‘mir omborida 78 tonna, Jondor ko‘mir omborida esa 67,4 tonna ko‘mir noqonuniy sotib yuborilganligi ma’lum bo‘ldi.

Ko‘mir omborlarining mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.