Toshkent shahrida davom etayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” doirasida poytaxt IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan 9 nafar shaxs bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qildi.

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Qo‘lga olinganoar ro‘yxati:

  • 1973-yilda tug‘ilgan Kamalov Fazliddin Muhiddinovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi — Tovlamachilik);
  • 1954-yilda tug‘ilgan Ibodov Niyoz (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi);
  • 1972-yilda tug‘ilgan Umarov Lutfilla Rixsillayevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi, 276-modda);
  • 1997-yilda tug‘ilgan Erkinov Fozil Iskandar o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  • 1985-yilda tug‘ilgan Saidov Begzod Yuldashevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  • 1996-yilda tug‘ilgan Samandarov Sherzodjon Zokir o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  • 1988-yilda tug‘ilgan Asatillayev Yedgar Rahmatillayevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  • 2000-yilda tug‘ilgan Ahmadjonov Izzatilla Ismatilla o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  • 1973-yilda tug‘ilgan Muminov Sirojiddin Vaxabovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 276-moddasi 2-qismi — Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar).

Fuqarolar agar ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsa yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsa, Toshkent shahar IIBBning 71−206−45−69, 71−206−49−46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99−370−73−94 telegram raqamiga murojaat qilish so‘ralgan. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.