Jamiyat

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (23−24-dekabr)
22 dekabr 2023, 15:56

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (23−24-dekabr)

O‘zbek tilidagi “Akvamen va yo‘qotilgan qirollik” filmi va bir qator kinopremyeralar, Yangi yil yarmarkalari hamda festivallar, shou-dasturlar, ko‘rgazmalar va mahorat darslari, konsertlar, spektakllar, musiqiy kechalar va bayramoldi dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

O‘zbekistonda nashriyot va matbaa korxonalari 5 yilga soliqlardan ozod qilinadi
22 dekabr 2023, 15:33

O‘zbekistonda nashriyot va matbaa korxonalari 5 yilga soliqlardan ozod qilinadi

Prezident nashriyot va matbaa korxonalari 5 yilga soliqlardan ozod qilinishi va imtiyozli kreditlar berilishini ma’lum qildi. 2024-yili O‘zbekistonda Xalqaro bolalar adabiyoti ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Tarjimonlar uchun Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish ham rejalashtirilmoqda.

Milliy sertifikat olgan o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lanadi
22 dekabr 2023, 15:25

Milliy sertifikat olgan o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lanadi

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lanadi. Shuningdek, o‘zbek tili bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi o‘tkaziladi. G‘oliblar o‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

O‘zbekiston fuqarolari AQShga kirishda “xavfsiz va qonuniy” yo‘ldan foydalanishga chaqirildi
22 dekabr 2023, 14:27

O‘zbekiston fuqarolari AQShga kirishda “xavfsiz va qonuniy” yo‘ldan foydalanishga chaqirildi

AQSh elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Qo‘shma Shtatlarga sayohat qilishda “xavfsiz va qonuniy” yo‘ldan foydalanishga chaqirdi, shuningdek, jinoiy kontrabandachilarning yolg‘onlari qurboni bo‘lib qolmaslikdan ogohlantirdi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo isiydi
22 dekabr 2023, 12:26

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo isiydi

O‘zbekiston hududiga 23−24-dekabr kunlari iliq havo kirib kelishi davom etadi va harorat ko‘tariladi.

Raqobat qo‘mitasi chegirmalar haqidagi ishonchsiz reklamalar bo‘yicha shikoyat qilishga chaqirdi
22 dekabr 2023, 12:09

Raqobat qo‘mitasi chegirmalar haqidagi ishonchsiz reklamalar bo‘yicha shikoyat qilishga chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi ba’zi yirik savdo tarmoqlari tovarlar narxini keskin ko‘tarib, so‘ngra biror bayram munosabati bilan ularni eski narxiga qaytargan holda chegirma e’lon qilishi, bu esa “xarid illyuziyasi”ni keltirib chiqarishidan ogohlantirdi. Qo‘mita ishonchsiz reklamalar bo‘yicha shikoyat qilishga chaqirdi.

“Toshkentda „otalar choyxonasi“ va gullar uchun pul bor, lekin hospis uchun yo‘q”. Shifokorlar — hospis qurilishini yakunlash kechiktirilgani haqida
22 dekabr 2023, 11:44

“Toshkentda „otalar choyxonasi“ va gullar uchun pul bor, lekin hospis uchun yo‘q”. Shifokorlar — hospis qurilishini yakunlash kechiktirilgani haqida

Onkologlar Toshkent budjetida saratonga chalinganlar bilan ishlash tajribasidan butun mamlakat bo‘ylab foydalaniladigan hospis qurilishi uchun “pul yo‘qligi”dan norozi. Parlamentda hokimlik vakili pul yetishmasligini aytdi. Deputatlar chora ko‘rish va aprelga qadar qilingan ishlar yuzasidan hisobot berishni so‘radi.

Toshkentda Tracker ikki bolani urib yubordi
22 dekabr 2023, 10:39

Toshkentda Tracker ikki bolani urib yubordi

Yunusobod tumanida Tracker haydovchisi 8 va 10 yoshli ikki bolani urib yubordi. YTH oqibatida bolalar jarohatlandi.

UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo uchun kontraktatsiyani ochadi
22 dekabr 2023, 09:25

UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo uchun kontraktatsiyani ochadi

UzAuto Motors Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiyani 22-dekabr kuni soat 12:00 da ochadi. Shartnoma faqat onlayn tarzda rasmiylashtiriladi va shu kunlarda barcha dilerlik markazlari savdo tizimidan o‘chirilib, avtosalonlarning barchasi yopiq bo‘ladi.

O‘zbekistonning sakkizta viloyatida benzin sotishdagi qonunbuzarliklar aniqlandi
21 dekabr 2023, 21:58

O‘zbekistonning sakkizta viloyatida benzin sotishdagi qonunbuzarliklar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan viloyatlardagi yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin mahsulotlarining nazorat xaridlari o‘tkazildi. Natijada benzin sifati talabga javob bermagan 20 dan ortiq holat aniqlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, iste’molchilarga 300 mln so‘mga yaqin zarar yetkazilgan.

Senator tanqididan so‘ng yetim bolalarga uy uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
21 dekabr 2023, 16:56

Senator tanqididan so‘ng yetim bolalarga uy uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi

2024-yilgi davlat budjetidan har bir yetim bolaga sotib olinadigan bir xonali kvartira uchun 137,5 mln so‘m ajratilishi belgilangan. Senator bu pulga hatto chekka hududlarda ham kvartira topish qiyinligini aytdi. Vazir Jamshid Qo‘shqorov bu masala ko‘rib chiqilib, o‘zgartirish kiritilishini ta’kidladi.

Bojxona qo‘mitasi xodimi sug‘urta kompaniyasi bilan til biriktirganlikda gumonlanib hibsga olindi
21 dekabr 2023, 14:13

Bojxona qo‘mitasi xodimi sug‘urta kompaniyasi bilan til biriktirganlikda gumonlanib hibsga olindi

Bojxona qo‘mitasi xodimi sug‘urta kompaniyasi bilan til biriktirib, 145 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumonlanib ushlandi. Qo‘mita raisining o‘rinbosari u oylab kuzatilgani va noyabr oxirida ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. Jinoiy guruhning bir necha a’zolari chet elga qochib ketgani aytilmoqda.

Senat daraxt va butalarni noqonuniy kesganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha o‘zgartirishlarni ma’qulladi
21 dekabr 2023, 12:29

Senat daraxt va butalarni noqonuniy kesganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha o‘zgartirishlarni ma’qulladi

Senatda ma’qullangan qonunga ko‘ra, daraxtlarni noqonuniy kesgan fuqarolar 8,5 million so‘mdan 25,5 million so‘mgacha, mansabdorlar esa 17 million so‘mdan 34 million so‘mgacha jarima yoki 15 sutkalik qamoq jazosi bilan jazolanadi. 1 tup daraxt kesgan shaxs uning o‘rniga 100 tup daraxt ekishi belgilanmoqda.

Kimyo universiteti rektori Janpolat Kudaybergenov vafot etdi
21 dekabr 2023, 11:59

Kimyo universiteti rektori Janpolat Kudaybergenov vafot etdi

O‘zbekistondagi birinchi xususiy oliy o‘quv yurti bo‘lgan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori Janpolat Kudaybergenov 45 yoshida vafot etdi.

RABAD qurilish savdo markazi biznes egalari va ijarachilarga istiqbolli savdo binolarini taklif etadi
21 dekabr 2023, 11:00

RABAD qurilish savdo markazi biznes egalari va ijarachilarga istiqbolli savdo binolarini taklif etadi

Uch qavatli ko‘p funksiyali savdo markazidagi chakana savdo maydoni tadbirkorlar va do‘kon egalari uchun ko‘chmas mulk sifatida va tijorat bilan shug‘ullanish uchun foydali sarmoyadir.

AQShga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 119 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
21 dekabr 2023, 10:56 1

AQShga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 119 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

AQShga noqonuniy kirishga uringan 120 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vataniga qaytarildi. Fuqarolarning aksariyati Meksika orqali chegarani kesib o‘tishga harakat qilgan. “Ikki−uch yilda topganimizni 3 oyda berib keldik”, — deydi ulardan biri.

11 oyda 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etildi, ularning 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq
21 dekabr 2023, 09:42

11 oyda 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etildi, ularning 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq

O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etildi, shundan 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlaridir. Prezident barcha elektron to‘lov tizimlari uchun yagona kiberxavfsizlik talablarini ishlab chiqish topshirig‘ini berdi.

Toshkentda harakatlanib ketayotgan avtobusda yong‘in chiqdi
20 dekabr 2023, 22:58

Toshkentda harakatlanib ketayotgan avtobusda yong‘in chiqdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida 151-sonli Mercedes-Benz avtobusida yuqori bosimli havo quvurining yorilishi tufayli qisqa tutashuv, uning ortidan yong‘in yuz berdi. “Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan, avtobus dvigateliga zarar yetgan.

Toshkentda yana 5 kishi jinoiy faoliyatda gumonlanib qo‘lga olindi
20 dekabr 2023, 21:58

Toshkentda yana 5 kishi jinoiy faoliyatda gumonlanib qo‘lga olindi

Poytaxt IIBB tovlamachilik, bezorilik va giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotishda gumonlanayotgan yana besh nafar shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

SSV bir korxona ta’sischilari ishtirokida 435 mln so‘mlik tender o‘tkazdi
20 dekabr 2023, 21:15

SSV bir korxona ta’sischilari ishtirokida 435 mln so‘mlik tender o‘tkazdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z ehtiyojlari uchun hamda tibbiyot forumlariga tashrif buyuradigan mehmonlarga sovg‘a sifatida tender orqali 435 mln so‘mlik kundalik, bloknot, ruchka va boshqalarni xarid qildi. Tender bir korxonaning ta’sischilari o‘rtasida o‘tkazilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting