Toshkent shahri Yunusobod tumanida Tracker haydovchisi ikki yosh bolani urib yubordi, deya xabar bermoqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

20-dekabr kuni soat 16:30 atrofida tumanning 8-mavzesida 37 yoshli haydovchi N.A. (ayol) Tracker avtomashinasini boshqarib ketayotib 2 nafar piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida 8 yoshli Z.A. va 10 yoshli M.A. tan jarohat olgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.