Jamiyat

“Jurnalistlarni urishgani chaqirdinglarmi?” — Senat qo‘mitasi huquq-tartibot xodimlarini obro‘sizlantirish moddasini qanday oqlab berdi?
19 yanvar 2024, 01:12

“Jurnalistlarni urishgani chaqirdinglarmi?” — Senat qo‘mitasi huquq-tartibot xodimlarini obro‘sizlantirish moddasini qanday oqlab berdi?

Senat qo‘mitasi OAV va blogerlar ishtirokida Qonunchilik palatasi qabul qilgan va yaqinda Senat ham ko‘rib chiqishi kutilayotgan huquq-tartibot idoralari xodimlari foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda tarqatganlik uchun jazo haqidagi normani muhokama qildi. Batafsil.

18-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
18 yanvar 2024, 22:54

18-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Qalin tuman sabab yopilgan aeroport, prezidentning eksport masalasidagi tanqidiy yig‘ilishi, sotuvi 4 baravardan ko‘proqqa o‘sgan elektromobillar, xorijiy vakolatxonalarda o‘qitiladigan o‘zbek tili kurslari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Andijonda Gentra urib yuborgan 77 yoshli erkak vafot etdi
18 yanvar 2024, 17:41

Andijonda Gentra urib yuborgan 77 yoshli erkak vafot etdi

Andijon shahrida Gentra yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 77 yoshli erkakni urib yubordi. Oqibatda piyoda shifoxonada vafot etdi.

Qashqadaryoda yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqoratlaganlar 10 sutkaga qamaldi
18 yanvar 2024, 16:30

Qashqadaryoda yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqoratlaganlar 10 sutkaga qamaldi

Koson tumanida 4 nafar mast erkak mashinada yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqoratlab videoga oldi va uni Telegram`da tarqatdi. Sud hukmi bilan ularning har biriga 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

O‘zbekistonda to‘siqsiz turizm rivojlantiriladi
18 yanvar 2024, 15:26

O‘zbekistonda to‘siqsiz turizm rivojlantiriladi

Madaniy meros obyektlari, vokzallar, jamoat transporti va poyezdlarda harakatlanish imkoniyati cheklangan kishilar uchun lift, pandus va tutqichlar o‘rnatiladi. 2027-yilgacha ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning sayohat xarajatlarining 50 foizini davlat qoplaydi. Mehmonxonalar uchun ham subsidiyalar beriladi.

Prezident bosh vazirga 3 ta shahar va 4 ta tuman hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirdi
18 yanvar 2024, 15:16

Prezident bosh vazirga 3 ta shahar va 4 ta tuman hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev bosh vazirga Nukus, Jizzax, Bekobod shaharlari, Sharof Rashidov, Dehqonobod, Uchqo‘rg‘on, Urganch tumanlarida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘sish bo‘lmagani munosabati bilan ushbu 7 ta hudud hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirdi.

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi
18 yanvar 2024, 14:39

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi

2024-yil yakunigacha O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi. Shuningdek, xorijiy davlatlarda “O‘zbek akademiyasi” (“Uzacademy”) internet platformasi ishga tushiriladi.

Foto: Toshkent tonggi tuman paytida qanday ko‘rinishda edi?
18 yanvar 2024, 12:45

Foto: Toshkent tonggi tuman paytida qanday ko‘rinishda edi?

Kechasi va ertalab Toshkentning ayrim joylarini quyuq tuman qopladi. Tongga kelib, ba’zi hududlarda tuman tarqadi. “Gazeta.uz” muxbiri Iskandar Mirzahmedov bu paytda shahar qanday ko‘rinishda bo‘lganini suratga muhrladi.

Toshkentda bir oilaning 3 a’zosi vafot etdi, 2 nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizildi
18 yanvar 2024, 12:15

Toshkentda bir oilaning 3 a’zosi vafot etdi, 2 nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizildi

Uchtepa tumanida er-xotin va ularning 3 nafar qizi uyidan hushsiz holda topildi. Oilaning 3 a’zosi vafot etdi, 2 nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Bosh prokuratura holatga nima sabab bo‘lganini o‘rganmoqda.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov lavozimidan ozod etilishi haqida ogohlantirildi
18 yanvar 2024, 12:05

Adliya vaziri Akbar Toshqulov lavozimidan ozod etilishi haqida ogohlantirildi

Xalqaro standartlarni joriy qilish sohasini tartibga solmasa, adliya vaziri Akbar Toshqulov lavozimidan ozod etilib, Texnik tartibga solish agentligi rahbari etib tayinlanishi haqida ogohlantirildi. Agentlik to‘liq isloh qilinib, Hukumat tarkibiga o‘tkazilishi belgilandi.

O‘zbekistonda ikki yilda bir marta mukofot jamg‘armasi 2 mln dollar bo‘lgan xalqaro moda haftaligi o‘tkaziladi
18 yanvar 2024, 11:49

O‘zbekistonda ikki yilda bir marta mukofot jamg‘armasi 2 mln dollar bo‘lgan xalqaro moda haftaligi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2024-yildan har ikki yilda bir marta mukofot jamg‘armasi 2 mln dollar bo‘lgan xalqaro “O‘zbekiston ipak matolari” moda haftaligi o‘tkaziladi. Shuningdek, “Zomin”, “Chimyon” va “Amirsoy”da boj olinmaydigan (“duty free”) yirik savdo komplekslari quriladi.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayevning lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqiladi
18 yanvar 2024, 11:13

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayevning lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqiladi

Prezident raisligidagi videoselektorda investitsiyalar sohasida chorak yakunigacha o‘zgarish qilmasa, kompleks uchun mas’ul bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayevning lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

19−21-yanvar kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
18 yanvar 2024, 11:09

19−21-yanvar kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli 19−21-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud.

Toshkent aeroporti faoliyati qalin tuman sabab vaqtincha cheklandi
18 yanvar 2024, 10:46

Toshkent aeroporti faoliyati qalin tuman sabab vaqtincha cheklandi

Payshanba tongidagi qalin tuman Toshkent aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi. Bir qancha reyslar Samarqand, Farg‘ona, Namangandagi muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi parvozlar kechikib amalga oshirilishini ma’lum qildi.

“Mahallaning qurbi yetmaydigan ishning o‘zi yo‘q”. Mahallalar uyushmasi faollarga murojaat qildi
18 yanvar 2024, 10:08

“Mahallaning qurbi yetmaydigan ishning o‘zi yo‘q”. Mahallalar uyushmasi faollarga murojaat qildi

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi ta’sis konferensiyasida mahalla faollariga murojaat qilindi. Unda mahalla “odamlarga eng yaqin xalqchil tuzilmaga, chinakam xalq vijdoni”ga aylanib borayotgani ta’kidlanib, faoliyatni “sifat jihatdan yangi bosqichga” ko‘tarish zarurligi qayd etildi.

17-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
17 yanvar 2024, 23:03

17-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Toshkentdagi ekovaziyatni yaxshilash rejalari, xususiylashtirilayotgan “Paxtakor”, Xitoy taklif qilayotgan g‘ildirakli tramvaylar, boshqa ishga o‘tgan Qahramon Quronboyev va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentda ichida qurilish materiallari bo‘lgan konteyner yonib ketdi
17 yanvar 2024, 19:58

Toshkentda ichida qurilish materiallari bo‘lgan konteyner yonib ketdi

Poytaxtning Bektemir tumanida ichida qurilish materiallari bo‘lgan konteynerda yong‘in sodir bo‘ldi. Uzum Market marketpleysi kompaniya ombori yonayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi — yong‘in qo‘shni hovlida sodir bo‘lgan.

Toshkent hokimligiga g‘ildirakli tramvaylar taklif etildi
17 yanvar 2024, 17:45

Toshkent hokimligiga g‘ildirakli tramvaylar taklif etildi

Xitoyning CRRC korporatsiyasi vakillari Toshkent hokimligiga g‘ildirakli tramvaylarni namoyish etdi. Ularni Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab “yashil transport yo‘lagi” loyihasi doirasida poytaxt transport tizimiga birlashtirish taklif qilinmoqda.

Sanepidqo‘mita “zararli” havodan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi
17 yanvar 2024, 17:18

Sanepidqo‘mita “zararli” havodan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Sanepidqo‘mita Toshkent havosi tarkibida ko‘paygan PM2,5 zarrachalari salomatlikka qanday ta’sir qilishi bo‘yicha ma’lumot hamda havo sifati yomonlashganda nimalar qilish kerakligi haqida tavsiyalar berdi.

Farg‘onada 11 yoshli qiz zo‘rlab, o‘ldirib ketilgani yuzasidan uch o‘smirga hukm o‘qildi
17 yanvar 2024, 15:06

Farg‘onada 11 yoshli qiz zo‘rlab, o‘ldirib ketilgani yuzasidan uch o‘smirga hukm o‘qildi

Farg‘ona shahrida 11 yoshli qizning murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topilgandi. Sud ish bo‘yicha uch nafar gumonlanuvchiga nisbatan hukm chiqardi. Ularning ikkisi 13 va 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Biriga nisbatan esa 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting