dayjest

19−21-yanvar kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli 19−21-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud.


dayjest

Toshkent aeroporti faoliyati qalin tuman sabab vaqtincha cheklandi

Payshanba tongidagi qalin tuman Toshkent aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi. Bir qancha reyslar Samarqand, Farg‘ona, Namangandagi muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi parvozlar kechikib amalga oshirilishini ma’lum qildi.


dayjest

Prezident yangi sement zavodlari qurishni taklif qilayotgan mutasaddilar haqida gapirdi

Prezident ekologiyaga zararli ta’sirni kamaytiruvchi texnologiyalarni joriy qilish o‘rniga mutasaddilar yana 22 ta sement zavodi qurish taklifini berayotgani ajablanarli ekani haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda sementga yillik ehtiyojni ortig‘i bilan qoplay oladigan ishlab chiqarish quvvatlari bor.


dayjest

O‘zbekistonda ikki yilda bir marta mukofot jamg‘armasi 2 mln dollar bo‘lgan xalqaro moda haftaligi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2024-yildan har ikki yilda bir marta mukofot jamg‘armasi 2 mln dollar bo‘lgan xalqaro “O‘zbekiston ipak matolari” moda haftaligi o‘tkaziladi. Shuningdek, “Zomin”, “Chimyon” va “Amirsoy"da boj olinmaydigan (“duty free”) yirik savdo komplekslari quriladi.


dayjest

O‘zbekistonda 25 turdagi oziq-ovqatni ishlab chiqarishni boshlashga topshiriq berildi

Prezident mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birgalikda 25 turdagi oziq-ovqatni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni boshlash topshirig‘ini berdi. Bu korxonalarda xalqaro standartlar joriy etiladi, ularga xorijdan malakali texnolog va marketologlar jalb qilinadi.


dayjest

Chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qo‘mitasiga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda. Hozirda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti chegarada 4 ta idora — bojxona, karantin, SES va veterinariya organlari tomonidan nazorat qilinadi.


dayjest

Investitsiyalar vaziri o‘rinbosari va Texnik tartibga solish agentligi rahbari ishdan olindi

O‘z tizimidagi kamchilik va sustkashlik bo‘lgani uchun investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Abidov va Texnik tartibga solish agentligi rahbari Dilshod Sattorovni lavozimidan ozod qilindi.


dayjest

Adliya vaziri Akbar Toshqulov lavozimidan ozod etilishi haqida ogohlantirildi

Xalqaro standartlarni joriy qilish sohasini tartibga solmasa, adliya vaziri Akbar Toshqulov lavozimidan ozod etilib, Texnik tartibga solish agentligi rahbari etib tayinlanishi haqida ogohlantirildi. Agentlik to‘liq isloh qilinib, Hukumat tarkibiga o‘tkazilishi belgilandi.


dayjest

2023-yilda O‘zbekistonda avtomobil savdosi 18 foizga, xususan, elektromobilniki 4,3 baravarga oshdi

O‘zbekistonda 2023-yilda 1,69 mln dona avtotransport vositasi sotildi, bu 2022-yilga nisbatan 18 foizga ko‘p. Elektromobillar savdosi 4,3 borabarga oshib, 25,7 mingta elektrokarni tashkil etdi. Elektromobillarning 71 foizi poytaxtda sotildi.


dayjest

Eksport agentligi Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sifatida qayta tashkil etiladi

Jahon savdo tashkiloti talablari asosida Eksport agentligi Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sifatida qayta tashkil etiladi.


dayjest

To‘rtta viloyat hokimlarining investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari va 10 ta tuman, shahar hokimlariga intizomiy chora ko‘riladi

Abdulla Aripovga eksport hajmlari kamaygani uchun Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari hokimlarining investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda 10 ta tuman va shahar hokimiga nisbatan intizomiy chora ko‘rish topshirildi.


dayjest

Pokiston Eron hududiga javob zarbalarini yo‘lladi

Pokiston Tehronning hujumidan bir kun o‘tib Erondagi “terrorchilar boshpanalari"ga qator zarbalar berdi. Pokiston TIV Eron suverenitetini hurmat qilishini va zarbalardan maqsad mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilish bo‘lganini ta’kidladi.


dayjest

“Mahallaning qurbi yetmaydigan ishning o‘zi yo‘q”. Mahallalar uyushmasi faollarga murojaat qildi

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi ta’sis konferensiyasida mahalla faollariga murojaat qilindi. Unda mahalla “odamlarga eng yaqin xalqchil tuzilmaga, chinakam xalq vijdoni"ga aylanib borayotgani ta’kidlanib, faoliyatni “sifat jihatdan yangi bosqichga” ko‘tarish zarurligi qayd etildi.


dayjest

Prezident transport vaziriga ogohlantirish berdi

Prezident yuk tashish uchun qo‘shimcha yig‘imlar, haydovchilar uchun viza rejimi murakkabligi va boshqa masalalar bilan lozim darajada shug‘ullanmayotgani uchun transport vazirini ogohlantirdi. Davlat rahbari ayrim elchilar va savdo maslahatchilarini ham tanqid qildi.


dayjest

Prezident bosh vazirga 3 ta shahar va 4 ta tuman hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev bosh vazirga Nukus, Jizzax, Bekobod shaharlari, Sharof Rashidov, Dehqonobod, Uchqo‘rg‘on, Urganch tumanlarida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘sish bo‘lmagani munosabati bilan ushbu 7 ta hudud hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirdi.


dayjest

Murat Mirzayev Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktorligidan ozod etiladi

Prezident Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori Murat Mirzayevni lavozimidan ozod etishga ko‘rsatma berdi. Davlat rahbari tashkilot faqat forumlar o‘tkazish bilan cheklanib qolganini tanqid qildi.


dayjest

O‘zbekistonda to‘siqsiz turizm rivojlantiriladi

Madaniy meros obyektlari, vokzallar, jamoat transporti va poyezdlarda harakatlanish imkoniyati cheklangan kishilar uchun lift, pandus va tutqichlar o‘rnatiladi. 2027-yilgacha ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning sayohat xarajatlarining 50 foizini davlat qoplaydi. Mehmonxonalar uchun ham subsidiyalar beriladi.


dayjest

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayevning lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqiladi

Prezident raisligidagi videoselektorda investitsiyalar sohasida chorak yakunigacha o‘zgarish qilmasa, kompleks uchun mas’ul bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayevning lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.


dayjest

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi

2024-yil yakunigacha O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi. Shuningdek, xorijiy davlatlarda “O‘zbek akademiyasi” (“Uzacademy”) internet platformasi ishga tushiriladi.


dayjest

Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘lar samarali ishlatilmayapti — prezident

Prezident Eksport agentligi tarmoq va hudud rahbarlari bilan birga eksportni kreditlashga va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishini ta’minlay olmayotganini ta’kidladi. Imtiyozli shartlarda ajratilgan har 1 dollarga o‘rtacha 5 dollarlik eksport to‘g‘ri kelmoqda.


dayjest

Apple Samsung kompaniyasini ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik smartfon sotuvchisiga aylandi

Apple 2023-yilda smartfon yetkazib berish bo‘yicha Samsung`dan o‘zib ketdi va birinchi marta jahon bozorida yetakchilik qildi. Mutaxassislar buni premium gadjetlarning o‘sib borayotgan tendensiyasi bilan bog‘lashadi. Birinchi beshlikka Xitoyning Xiaomi, Oppo va Transsion kompaniyalari ham kirdi.


dayjest

Qirg‘izistonda 11 nafar jurnalist tartibsizliklarga da’vat qilish moddasi bilan hibsga olindi

Bishkek sudi Qirg‘izistondagi bir qator mustaqil nashrlarning 11 nafar jurnalistini ikki oyga hibsga oldi. Ular ommaviy tartibsizliklarga da’vat qilishda ayblanmoqda, avvalroq ularni tintuv qilishgandi. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari rasmiylarni OAVga bosim o‘tkazishni to‘xtatishga chaqirmoqda.


dayjest

O‘zbekistonning to‘qqizta hududida yirik turizm markazlari quriladi

O‘zbekistonning turistik manzillarida mehmonxona va maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq savdo-ko‘ngilochar majmualaridan iborat turizm markazlari quriladi. U yerda brend do‘konlar va “duty free”, to‘y marosimlari uchun hudud, “oltin yo‘lak” bo‘ladi. Qurilish maydonlari bosh vazir boshchiligida aniqlanadi.


dayjest

“Konvertatsiyani davom ettiramiz desak, eksportni importga nisbatan barqaror ushlab turishimiz kerak” — prezident

Prezident eksport masalasini “hayot-mamotimiz” deb atadi. “Agar valyuta balansi, investitsiya yoki konvertatsiyani davom ettiramiz desak, eksportni importga nisbatan barqaror ushlab turishimiz kerak”, — dedi u.


“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maxsus materiallar:

dayjest

Foto: Toshkent tonggi tuman paytida qanday ko‘rinishda edi?

Kechasi va ertalab Toshkentning ayrim joylarini quyuq tuman qopladi. Tongga kelib, ba’zi hududlarda tuman tarqadi. “Gazeta.uz” muxbiri Iskandar Mirzahmedov bu paytda shahar qanday ko‘rinishda bo‘lganini suratga muhrladi.