Jamiyat

Toshkentdagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi va bir kishi jarohat oldi
1 aprel 2021, 10:34

Toshkentdagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi va bir kishi jarohat oldi

Toshkentda haydovchisi tezlikni oshirib yuborgan Cobalt yo‘lning to‘siq ustidan uchib o‘tib, Lacetti bilan to‘qnashgan. Ikki kishi halok bo‘lgan. YHXBB xabar berishicha, jamoat qoidabuzarning harakatlarini «keskin qoraladi».

So‘x-Rishton yo‘li ochiladi
1 aprel 2021, 10:27

So‘x-Rishton yo‘li ochiladi

Farg‘ona viloyatidagi Rishton va So‘x tumanini bog‘lab turuvchi Qirg‘iziston orqali o‘tgan yo‘lning ochilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi chegara nazorat-o‘tkazish punktlari tayyor holatga keltirildi.

Amir Temur xiyobonidagi kaltaklanish rasman tasdiqlandi
1 aprel 2021, 09:57

Amir Temur xiyobonidagi kaltaklanish rasman tasdiqlandi

Poytaxt Ichki ishlar boshqarmasi yakshanba kuni Toshkent markazida ikki fuqaro kaltaklanganini tasdiqlovchi videoni e’lon qildi. Bir guruh erkaklar ko‘chadan o‘tayotganlarni LGBT tarafdorlari deb qabul qilishgan.

AOKA blogerlar va internet nashrlarining chiqishlari bo‘yicha xulosalarini tayyorlamoqda
31 mart 2021, 17:53

AOKA blogerlar va internet nashrlarining chiqishlari bo‘yicha xulosalarini tayyorlamoqda

AOKA 28 mart kuni kaltaklangan bloger Miraziz Bozorovning xatti-harakatlari to‘g‘risida alohida xulosa tayyorlaganligini ma’lum qildi. Shuningdek, LGBT va so‘nggi kunlardagi voqealar haqida fikr bildirilgan jamiyat va internet faollari pozitsiyalari yuzasidan xulosalarini e’lon qiladi.

Tuman hokimlarining oyligi 5−6 mln atrofida — Sergeli hokimi
31 mart 2021, 17:44

Tuman hokimlarining oyligi 5−6 mln atrofida — Sergeli hokimi

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning aytishicha, tuman hokimlarining oylik maoshi 5 mlndan 6 mln so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, u o‘ziga xodimlari bilan bir hil miqdorda rag‘bat puli ajratishini aytib o‘tdi.

O‘zbekistondagi masjidlar Ramazon oyi va Taroveh namozlariga tayyorlanmoqda
31 mart 2021, 16:32

O‘zbekistondagi masjidlar Ramazon oyi va Taroveh namozlariga tayyorlanmoqda

Ramazon oyining kirib kelishiga respublika bo‘ylab masjidlarda tayyorgarliklar boshlandi. Taroveh namozlari uchun shart-sharoitlarni hozirlash maqsadida 10 aprelda «Ozodalik kuni» o‘tkaziladi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
31 mart 2021, 16:13

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmi kursi 10,68 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 485,66 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Konteynerga ko‘chib o‘tish uchun ayb ish qilganim yo‘q — Sergeli tumani hokimi
31 mart 2021, 16:00

Konteynerga ko‘chib o‘tish uchun ayb ish qilganim yo‘q — Sergeli tumani hokimi

Sergeli tumani hokimi konteynerga ko‘chib o‘tmasligini va bu uchun «ayb ish qilmaganini» ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, prezident hamma konteynerga ko‘chish kerakligi haqida aytmagan. «Lekin odamga ishlashi va yashashi uchun konteyner qulay bo‘lsa, nega unday qilmasligi kerak?» — dedi tuman hokimi.

Yana 3,5 million xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelinadi — Sog‘liqni saqlash vaziri
31 mart 2021, 15:06

Yana 3,5 million xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelinadi — Sog‘liqni saqlash vaziri

O‘zbekistonga may-iyun oylarida COVAX dasturi doirasida 2 million doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida 3,5 million doza o‘zbek-xitoy vaksinalari olib kelinadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza Sputnik V vaksinasi xarid qilish yuzasidan shartnoma imzolanmoqda.

Prokuratura Andrey Kubatinning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish ochishni rad etdi
31 mart 2021, 12:33

Prokuratura Andrey Kubatinning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish ochishni rad etdi

Sharqshunos olim Andrey Kubatin koronavirus asoratlari tufayli vafot etganidan so‘ng, uning opasi Zangiota kasalxonasi tibbiyot xodimlarining harakatlarini baholashni prokuraturadan so‘ragan edi. Prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etdi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, tashxis to‘g‘ri qo‘yilgan va davolash Sog‘liqni saqlash vazirligining tavsiyalari asosida amalga oshirilgan.

“Fotosurat — bu mening xotiram”. Janna Shatalina — ko‘cha fotosuratlarining rangi va ma’nosi haqida
31 mart 2021, 12:26

“Fotosurat — bu mening xotiram”. Janna Shatalina — ko‘cha fotosuratlarining rangi va ma’nosi haqida

“Biz ko‘p narsalarni bilmaymiz va kundalik hayotda ko‘rmaymiz”. Havaskor fotosuratchi Janna Shatalina fotosuratlar, ranglar va tarix haqidagi tasavvurlari haqida so‘zlaydi.

Ommaviy tartibsizlik va zo‘ravonlikka da’vat qilganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi
31 mart 2021, 11:57

Ommaviy tartibsizlik va zo‘ravonlikka da’vat qilganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Ommaviy tartibsizliklar va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga chaqirganlar 100 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi yoki ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin bo‘ladi.

Qonunchilik hujjatlarini buzishga da’vat qilganlik uchun javobgarlik belgilandi
31 mart 2021, 11:44

Qonunchilik hujjatlarini buzishga da’vat qilganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonun bilan belgilangan yangi tartibga ko‘ra, qonunchilik hujjatlarini bajarmaslikka yoki buzishga da’vat qilganlik uchun 20 mln so‘mgacha miqdorda jarima qo‘llaniladi.

Prezidentni internetda haqoratlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
31 mart 2021, 11:32

Prezidentni internetda haqoratlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Internetda O‘zbekiston prezidentini haqoratlaganlik yoki unga tuhmat qilganlik uchun javobgarlik belgilandi.

O‘zbekistonda ko‘chma kinoteatr platformasi yo‘lga qo‘yildi
31 mart 2021, 11:02

O‘zbekistonda ko‘chma kinoteatr platformasi yo‘lga qo‘yildi

Viloyatlar bo‘ylab harakatlanuvchi «Sinemobil» platformasi tashkil etildi. Samarqand viloyati qishloqlarida mazkur ko‘chma kinoteatrda filmlar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Komil Allamjonov LGBT mavzusini yoritishni to‘xtatishga chaqirdi
31 mart 2021, 09:46

Komil Allamjonov LGBT mavzusini yoritishni to‘xtatishga chaqirdi

Komil Allamjonov «O‘zbekistonga biror talab qo‘yishdan oldin millatning mentaliteti, dini, madaniyati, urf-odatlarini inobatga olishi kerak» deya ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, besoqolbozlikka qarshi qonunlar yumshatilgan taqdirda ham, ular qog‘ozda qoladi.

Toshkent aeroportida «Hizb ut-Tahrir» ta’siriga tushgan 25 yoshli yigit ushlandi
31 mart 2021, 03:18

Toshkent aeroportida «Hizb ut-Tahrir» ta’siriga tushgan 25 yoshli yigit ushlandi

Toshkent aeroportida «Hizb ut-Tahrir» ta’siridagi 25 yoshli qashqadaryolik yigit ushlandi. U Rossiyada ishlash davomida ushbu tashkilot ta’siriga tushib qolgani, O‘zbekistonga qaytgach, yonidagi telefonida taqiqlangan materiallar ham bo‘lgani aytilmoqda. Yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va unga 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi xavf solmoqda.

«Muammoli masalalar tartibsizlik bilan hal qilinmaydi». Deputatlar ruxsatsiz namoyish va LGBT targ‘ibotiga qarshi
30 mart 2021, 22:13

«Muammoli masalalar tartibsizlik bilan hal qilinmaydi». Deputatlar ruxsatsiz namoyish va LGBT targ‘ibotiga qarshi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bir jinsli munosabatlarga qarshi yoshlarning Toshkent markazida ruxsatsiz norozilik aksiyasi o‘tkazgani hamda LGBT targ‘ibotini qoralab o‘z munosabatlarini bildirib o‘tishdi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
30 mart 2021, 16:07

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmi kursi 11,48 so‘mga pasaydi va jami 10 474,98 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham tushdi.

Korrupsion jinoyatlar asosan kim tomonidan sodir etilishi ma’lum qilindi
30 mart 2021, 10:42

Korrupsion jinoyatlar asosan kim tomonidan sodir etilishi ma’lum qilindi

2020 yilda 2 270 kishiga nisbatan korrupsiya bilan bog‘liq jinoiy ish ochilgan. Tahlillarga ko‘ra, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar asosan ishsizlar hamda ta’lim, tibbiyot, bank, qurilish va ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan sodir etilgan. Korrupsion jinoyatlarning deyarli 90 foizi quyi bo‘g‘in (tuman, shaharlar) xodimlari yoki mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting