30 mart kuni prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, prezidentni telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internetdan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oldinga tartibga ko‘ra, prezidentni omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, mazkur jinoyatni matbuot yoki boshqa OAVdan foydalangan holda sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangan edi.

Qonun 31 martdan boshlab kuchga kiradi.