30 mart kuni prezident tomonidan imzolangan qonun bilan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha kiritildi.

Shuningdek, kodeksga ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga omma oldida da’vat qilganlik uchun javobgarlik ham kiritildi.

Unga ko‘ra, mazkur qilmishni sodir etgan shaxslar BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (24 mln 500 ming so‘mdan 73 mln 500 ming so‘mgacha) jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki OAV, telekommunikatsiyalar tarmoqlari, Internetdan, shuningdek matnni ko‘paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (73 mln 500 ming so‘mdan 98 mln so‘mgacha) jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu tartib 31 martdan kuchga kiradi.