30 mart kuni prezident tomonidan imzolangan qonun bilan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha kiritildi.

Unga ko‘ra, qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari, Internetdan, shuningdek matnni ko‘paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida da’vat qilish BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha (hozirgi BHM miqdoriga ko‘ra 14 mln 700 ming so‘mdan 19 mln 600 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonun 31 martdan kuchga kiradi.