Jamiyat

24 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
24 fevral 2022, 23:54

24 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

2-kursdan ishlashi kutilayotgan talabalar, evakuatsiya qilish rejasi tuzilayotgan Ukrainadagi o‘zbekistonliklar, Kiyevga uchadigan ikkita reysni bekor qilgan Uzbekistan Airways, 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘ygan prezident, Ukrainada jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qilgan TIV va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 24 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Toshkent metrosida erkak kishi o‘zini poyezd ostiga tashladi
24 fevral 2022, 22:44

Toshkent metrosida erkak kishi o‘zini poyezd ostiga tashladi

Toshkent metrosining Mirzo Ulug‘bek stansiyasida erkak kishi o‘zini poyezd ostiga tashladi. Natijada bir yo‘nalishda harakat to‘xtab qoldi.

«Biz bunday bo‘lishi mumkinligiga ishonishni xohlamasdik» Ukrainaliklar urush haqida nima deyishmoqda?
24 fevral 2022, 22:28

«Biz bunday bo‘lishi mumkinligiga ishonishni xohlamasdik» Ukrainaliklar urush haqida nima deyishmoqda?

«Gazeta.uz» Rossiya erta tongdan harbiy bosqin boshlagan Ukrainada yashovchi aholi bilan suhbatlashdi. Maqola qahramonlari — ba’zilari anonim, ba’zilari esa haqiqiy ismlari bilan — o‘z shaharlarida sodir bo‘layotgan voqealar va mahalliy hokimiyat tomonidan qanday choralar ko‘rilayotganini so‘zlab berishdi.

Uzbekistan Airways Rostov va Krasnodar reyslarini bekor qildi
24 fevral 2022, 17:38

Uzbekistan Airways Rostov va Krasnodar reyslarini bekor qildi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Rostov-na-Donu va Krasnodar aeroportlari yopilgani munosabati bilan ushbu shaharlarga parvozlarni bekor qildi.

Rossiyaning Ukrainaga qo‘shni viloyatlaridagi o‘zbekistonliklarning xavotirlanishiga hech qanday asos yo‘q — TIV
24 fevral 2022, 17:37

Rossiyaning Ukrainaga qo‘shni viloyatlaridagi o‘zbekistonliklarning xavotirlanishiga hech qanday asos yo‘q — TIV

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolari, shu jumladan, Rossiyaning Ukrainaga yaqin hududlarida joylashgan OTMlar talabalari uchun xavotirlanishga sabab va asoslar yo‘qligini ma’lum qildi. TIV agar fuqarolarga tahdid bo‘lsa, o‘z vaqtida choralar ko‘rilishi va ular O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi va Rostov-Dondagi bosh konsulxonasiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligini bildirdi.

Muddatli harbiy xizmatga chaqiruv e’lon qilindi
24 fevral 2022, 17:31 5

Muddatli harbiy xizmatga chaqiruv e’lon qilindi

Prezident qarori bilan harbiy xizmatga yaroqli O‘zbekiston fuqarolari mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi. Mudofaa vazirligining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, mazkur qarorning Ukrainada bo‘layotgan vaziyatlar bilan hech qanday aloqasi yo‘q.

Ukrainadagi o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishni masofaviy shaklda davom ettirish tavsiya etildi
24 fevral 2022, 16:43

Ukrainadagi o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishni masofaviy shaklda davom ettirish tavsiya etildi

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukrainada ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga murojaat qilib, o‘qishni O‘zbekistonda turib masofaviy shaklda davom ettirishni tavsiya qildi.

Adliya vazirligi 2021 yilda qonun buzilgani uchun hokimliklarga 2,6 mingta taqdimnoma kiritdi
24 fevral 2022, 16:35

Adliya vazirligi 2021 yilda qonun buzilgani uchun hokimliklarga 2,6 mingta taqdimnoma kiritdi

Adliya vazirligi 2021 yilda qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ta’lim muassasalariga 8,2 mingta, hokimliklarga 2,6 mingta, sog‘liqni saqlash muassasalariga 1,5 mingta taqdimnoma kiritdi. O‘rganishlar davomida Andijon viloyatida ishsizlik nafaqasi bo‘yicha jami 1,3 mlrd so‘m qarzdorlik mavjudligi aniqlangan.

«Ular mudrab o‘tiribdi, ishlamagan». Prezident Samarqandda ishdan olingan 10 nafar rahbar haqida
24 fevral 2022, 16:21

«Ular mudrab o‘tiribdi, ishlamagan». Prezident Samarqandda ishdan olingan 10 nafar rahbar haqida

Shavkat Mirziyoyev Beruniy tumanidagi yig‘ilishda hududdagi rahbarlar umuman ishlamayotganini tanqid qildi. So‘zi davomida davlat rahbari faoliyatiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgani uchun ishdan olingan 10 nafar samarqandlik amaldorni misol qilib ko‘rsatdi. «Ularning ko‘zlariga qaradim, hammasi mudrab o‘tiribdi, ishlamagan», — dedi u.

Prezident 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi
24 fevral 2022, 13:20

Prezident 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida 100 MVt quvvatli yangi shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshini qo‘ydi. «Tasavvur qilinglar farzandlarimiz, nevalarimiz bunday loyihadan qanday manfaat ko‘radi. Bu bir yillik emas, yillarga tatiydigan loyiha», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

«Vatanimizning qudratini ko‘tarishga harakat qilishimiz kerak» — Shavkat Mirziyoyev
24 fevral 2022, 12:58

«Vatanimizning qudratini ko‘tarishga harakat qilishimiz kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Qoraqalpog‘istonda tashrif bilan bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyev dunyo kun sayin emas, soat sayin tahlikali bo‘lib borayotganini ta’kidladi. «Biz iqtisodiyotimiz, mudofaamizni mustahkam qilib, ishonch bilan jonajon vatanimizning qudratini ko‘tarishga harakat qilishimiz kerak», — dedi u.

Uzbekistan Airways Kiyevga amalga oshirilishi rejalashtirilgan ikkita reysni bekor qildi
24 fevral 2022, 12:41

Uzbekistan Airways Kiyevga amalga oshirilishi rejalashtirilgan ikkita reysni bekor qildi

Uzbekistan Airways 27 fevral va 2 mart kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan ikkita mantazam HY-3731/3732 Toshkent — Kiyev — Toshkent reyslarini bekor qildi.

Ukrainadagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish rejasi tuzilmoqda
24 fevral 2022, 12:39

Ukrainadagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish rejasi tuzilmoqda

Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini inobatga olib, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish rejasi va mamlakatni tark etmoqchi bo‘lganlar ro‘yxatini tuzib chiqmoqda.

Jizzaxda fuqaroni aylanma yo‘llar orqali AQShga jo‘natishga va’da qilgan shaxs ushlandi
24 fevral 2022, 12:31

Jizzaxda fuqaroni aylanma yo‘llar orqali AQShga jo‘natishga va’da qilgan shaxs ushlandi

Jizzax viloyatida fuqaroni Turkiya, Italiya yoki Meksika orqali AQShga olib o‘tish va ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxs 20 ming dollar olganida ushlangani aytilmoqda. Farg‘ona viloyatida esa fuqaroni Koreyaga ishga jo‘natishga va’da qilganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olingan.

Talabalar 2-kursdan ishlashi mumkin bo‘ladi — Oliy ta’lim vaziri
24 fevral 2022, 11:32 13

Talabalar 2-kursdan ishlashi mumkin bo‘ladi — Oliy ta’lim vaziri

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov qoraqalpog‘istonlik talabalar bilan uchrashuvda OTMlarda 2 kursdan boshlab ishlashga ruxsat beruvchi yangi tizim yaratilishini ma’lum qildi. «Ishlaganda ham o‘zining sohasida ishlasin. Men buni hurmat qilaman», — dedi u. Qolaversa, OTMlarda ta’lim jarayoni 70 foiz amaliyotga o‘tish kerakligi ta’kidlandi.

Chorshanba kuni 140 kishida kovid aniqlandi
24 fevral 2022, 10:42

Chorshanba kuni 140 kishida kovid aniqlandi

Chorshanba kuni O‘zbekistonda 140 nafar fuqaroning koronavirusga topshirgan test tahlili musbat natijani qayd etdi. Shuningdek, kun davomida 24 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Namangan — Krasnodar reysi Rostov viloyati osmoni yopilgani uchun majburan ortga qaytmoqda
24 fevral 2022, 10:06

Namangan — Krasnodar reysi Rostov viloyati osmoni yopilgani uchun majburan ortga qaytmoqda

Uzbekistan Airways 24 fevral kuni Namangan — Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha HY-9825 reysi Rossiyaning Rostov viloyati havo maydoni yo‘lovchi samolyotlari uchun yopilgani sababli ortga majburiy qaytayotganini ma’lum qildi.

Samarqandda avtoshohbekatni zo‘ravonlik bilan egallashda gumonlanayotgan bir guruh sportchilar qo‘lga olindi
24 fevral 2022, 09:55

Samarqandda avtoshohbekatni zo‘ravonlik bilan egallashda gumonlanayotgan bir guruh sportchilar qo‘lga olindi

Samarqandda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan taksi haydovchilaridan «o‘lpon» undirib kelganlikda gumonlanayotgan yana bir guruh fuqarolar qo‘lga olindi. Ular sportchilar ekanligi aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yakkasaroyda ishchilariga namoz o‘qishga sharoit yaratib bergan tadbirkor 21,6 mln so‘m jarimaga tortildi
24 fevral 2022, 09:52

Yakkasaroyda ishchilariga namoz o‘qishga sharoit yaratib bergan tadbirkor 21,6 mln so‘m jarimaga tortildi

Toshkentning Yakkasaroy tumanida GTA Showroom kompaniyasi rahbari korxona binosida ishchi va mijozlarga namoz o‘qishga sharoit yaratib bergani uchun 21,6 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov sudya MJTKning 201-moddasini noto‘g‘ri qo‘llaganini, namoz o‘qish «diniy marosim emas, balki e’tiqodning o‘zagi, erkinligi kafolatlangan huquq» ekanini ta’kidladi.

Yana qanday karantin cheklovlari bekor qilinmoqda?
24 fevral 2022, 07:37

Yana qanday karantin cheklovlari bekor qilinmoqda?

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish joylari va ko‘ngilochar obyektlar ish vaqtiga nisbatan cheklovlar hamda umumiy ovqatlanish joylari va jamoat transporti harakatlanuvchi tarkibi umumiy sig‘imidagi o‘rinlarni 50 foizgacha qisqartirish talabi bekor qilindi. Bosh vazir Abdulla Aripov mazkur cheklovlarning bekor qilinishini “odatiy hayot tarziga qaytishning dastlabki qadamlaridan biri” deb atadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting