Jamiyat

Fuqaroni pul evaziga Shvetsiyaga ishga yuborishni va’da qilgan korxona rahbari ushlandi
5 may 2022, 11:17

Fuqaroni pul evaziga Shvetsiyaga ishga yuborishni va’da qilgan korxona rahbari ushlandi

Poytaxtning Chilonzor tumanida korxona rahbari fuqaroni 4 ming dollar evaziga Shvetsiya davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, undan so‘ralgan summaning 2 mingini olgan vaqtida ushlandi.

Mahalliy turistlar O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlari uchun keshbekni qanday olishi mumkin?
5 may 2022, 10:52

Mahalliy turistlar O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlari uchun keshbekni qanday olishi mumkin?

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilgan mahalliy turistlar uchun keshbek Turizm vazirligining elektron platformasi orqali to‘lab beriladi. Bunda turistlardan safar davomida avia, temir yo‘l yoki avtomobil transporti va turar joy xizmatlaridan foydalanish, qolaversa, madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish talab etiladi.

5-may kuni Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida poyezd yurmaydi
5 may 2022, 10:18

5-may kuni Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida poyezd yurmaydi

Chorshanba kuni Qamchiq dovonida kuzatilgan sel oqibatida tog‘ o‘pirilib tushdi. Buning oqibatida 5-may kuniga mo‘ljallangan Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishidagi poyezd harakati vaqtincha to‘xtatildi. Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha aviareyslar yo‘lga qo‘yildi.

7-may — shanba barcha uchun ish kuni etib belgilandi
5 may 2022, 10:03

7-may — shanba barcha uchun ish kuni etib belgilandi

7-may, shanba haftasiga necha kun ishlashidan qat’iy nazar barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi. 14-may esa dam olish kuni sifatida belgilandi. Qolaversa, o‘zbekistonliklar 8−9-may kunlari ketma-ket ikki kun dam oladi.

5−11 may kunlari Farg‘ona viloyatida ommaviy qabullar o‘tkaziladi
4 may 2022, 20:12

5−11 may kunlari Farg‘ona viloyatida ommaviy qabullar o‘tkaziladi

May-iyul oylarida O‘zbekistonning barcha hududlarida fuqarolar muammolari bilan ishlash uchun sayyor qabullar tashkil etiladi. 20 dan ortiq vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etadigan qabullar Farg‘ona viloyatidan boshlanadi. Qabul kunlari va manzillar.

Samarqandda 1,5 mln rublni noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
4 may 2022, 18:02

Samarqandda 1,5 mln rublni noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

DXX va bojxona xodimlari «Samarqand» xalqaro aeroportida 1,5 mln rublni rasmiylashtirmasdan O‘zbekistondan olib chiqmoqchi bo‘lgan fuqaroni qo‘lga olishdi.

Jizzaxda FVV qutqaruvchilari selda oqib ketayotgan 20 yoshli fuqaroni qutqarib oldi
4 may 2022, 17:52

Jizzaxda FVV qutqaruvchilari selda oqib ketayotgan 20 yoshli fuqaroni qutqarib oldi

4 may kuni kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Jizzax viloyati Zomin tumanidagi ayrim uylar va yo‘llarni suv bosdi. FVV qutqaruvchilari suvda oqib kelayotgan 20 yoshli fuqaroni qutqarib qolishgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

Toshkentda 6−8 may kunlari gullar festivali bo‘lib o‘tadi
4 may 2022, 17:46

Toshkentda 6−8 may kunlari gullar festivali bo‘lib o‘tadi

6−8 may kunlari Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaning orqa maydonida Tashkent Flower Fest gullar festivali bo‘lib o‘tadi. Uni bezatish uchun 2 milliondan ortiq gullardan foydalaniladi.

Rossiya o‘zbekistonliklarning ro‘yxatdan o‘tish muddatini 15 kungacha uzaytirish bo‘yicha qarorni ratifikatsiya qildi
4 may 2022, 15:54

Rossiya o‘zbekistonliklarning ro‘yxatdan o‘tish muddatini 15 kungacha uzaytirish bo‘yicha qarorni ratifikatsiya qildi

Prezident Vladimir Putin O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tish muddatini 7 kundan 15 kungacha uzaytirish bo‘yicha qarorni ratifikatsiya qildi. Xuddi shunday tartib O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi rossiyaliklar uchun ham nazarda tutilgan.

«Yurak amri» xayriya fondi vaqtincha faoliyatini yakunladi
4 may 2022, 15:36

«Yurak amri» xayriya fondi vaqtincha faoliyatini yakunladi

Pandemiya davrida ochilgan Sardor Rahimxon boshchiligidagi «Yurak amri» xayriya fondi vaqtincha yopildi. Tashkilotchi qaror ortidan xatolarni isloh qilib, rasmiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish maqsad qilinganini ta’kidladi.

Moskvada ikki o‘zbekistonlik yong‘in tufayli halok bo‘ldi
4 may 2022, 10:57

Moskvada ikki o‘zbekistonlik yong‘in tufayli halok bo‘ldi

Seshanba kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi Mitishi shahrida 2 o‘zbekistonlik va uy egasi ko‘p qavatli binoda chiqqan yong‘in tufayli vafot etdi. Yong‘inga sigareta qoldig‘i o‘chirilmagani sabab bo‘lgani aytildi.

Toshkentda yangi yo‘l va ko‘prik ochildi (Foto)
4 may 2022, 10:27

Toshkentda yangi yo‘l va ko‘prik ochildi (Foto)

Prezident Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasini Yakkasaroy tumanidagi Cho‘ponota va Shota Rustaveli ko‘chalari bilan bog‘laydigan yangi yo‘l va ko‘prikning ochilishida ishtirok etdi. Qurilish ishlari 2020 yilning yozidan beri olib borilayotgan edi.

OTMga kirish imtiyozlari qayta ko‘rib chiqilishi kutilmoqda
3 may 2022, 13:07

OTMga kirish imtiyozlari qayta ko‘rib chiqilishi kutilmoqda

OTMga o‘qishga kirish uchun berilgan imtiyozlar xatlovdan o‘tkazilib, ularning qat’iy ro‘yxati yagona hujjatda shakllantirilishi mumkin. Tegishli prezident qarori loyihasida ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoidani o‘rnatish ham nazarda tutilgan. Shuningdek, o‘qishni ko‘chirish jarayoni raqamlashtirilishi mumkin.

4 may kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
3 may 2022, 12:49

4 may kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, 4 may kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmayapti.

Ramazon hayiti kuni 1 kishida koronavirus aniqlandi
3 may 2022, 11:54

Ramazon hayiti kuni 1 kishida koronavirus aniqlandi

2 may kuni O‘zbekistonda faqatgina 1 kishida koronavirus aniqlandi. Oldingi kunlari koronavirusning yangi holatlari 20 tacha atrofida edi.

“Teddi kostyumi Mikki Maus kostyumidan qulayroq”. Ayiqvoylar niqoblari ortida kimlar yashirinadi?
3 may 2022, 09:55 2

“Teddi kostyumi Mikki Maus kostyumidan qulayroq”. Ayiqvoylar niqoblari ortida kimlar yashirinadi?

Tug‘ruqxonalar oldida, istirohat bog‘larida va to‘y-bazmlarda Mikki Maus, Burunduq hamda boshqa mashhur multfilmlar qahramonlari kostyumlarini kiyib olgan odamlarni uchratish mumkin. Animatorlar niqoblari ortida kim yashirinadi, bu ish uchun qancha haq to‘lashadi va bunday kiyimning ichida bo‘lish qanchalik issiq — “Gazeta.uz” fotomuxbiri Madina A’zam ushbu savollarga javob izladi.

Samarqanddagi bank rahbari kredit ajratish evaziga pora olmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi
2 may 2022, 14:29

Samarqanddagi bank rahbari kredit ajratish evaziga pora olmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi

Samarqandda «Mikrokreditbank» filiali rahbari tadbirkorga kredit ajratib berish evaziga 10 ming dollar pora talab qilib, aytilgan summaning 6 mingini olayotganda qo‘lga tushdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: O‘zbekiston masjidlarida Ramazon hayiti namozi o‘qildi
2 may 2022, 13:13

Foto: O‘zbekiston masjidlarida Ramazon hayiti namozi o‘qildi

2 may kuni ertalab O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozi o‘qildi. «Gazeta.uz» Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari masjidlaridan fotoreportaj tayyorladi.

DXX Tojikistondan kelgan poyezdda qariyb 2 kg «opiy»ni aniqladi
2 may 2022, 12:26

DXX Tojikistondan kelgan poyezdda qariyb 2 kg «opiy»ni aniqladi

DXX Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi xalqaro o‘tkazish punktida Tojikistondan kirib kelgan yuk poyezdi vagonining g‘ildiraklari orasida 1 kilogramm 949 grammlik «opiy» giyohvandlik vositasi borligini aniqladi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

«Haqiqatni aytaman deb 5 sutkaga qamaldim». Jumagul Keldiyarova Sardoba fojiasi haqida
2 may 2022, 11:30

«Haqiqatni aytaman deb 5 sutkaga qamaldim». Jumagul Keldiyarova Sardoba fojiasi haqida

2020 yil 1 may sanasi sardobaliklar xotirasida o‘chmas iz qoldirdi. Davlat tomonidan ularga ko‘plab yordam berilgan bo‘lsa-da, hozirgacha nohaqliklar qilingani haqida so‘zlovchilar topiladi. 51 yoshli Jumagul Keldiyarova «Gazeta.uz»ga so‘zlab bergan hikoyasida suv ombori yorilganidan keyin hayotida bo‘lgan o‘zgarishlar, do‘konsiz qolgani, Vazirlar Mahkamasiga shikoyat qilib boravergani uchun tuhmat bilan 5 sutkaga qamatilgani, mahalliy aholi ishsiz ekanligi, lekin shunga qaramasdan shukur qilib yashab kelishayotgani haqida so‘zladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting