Rossiya Federatsiyasining Rostov-na-Donu (Platov) va Krasnodar shaharlari xalqaro aeroportlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bir qator rejalashtirilgan muntazam qatnovlar bekor qilinganligini ma’lum qildi.

Bekor qilingan reyslar:

HY-9647/9648 Toshkent-Rostov-na-Donu-Toshkent yo‘nalishida — 25, 27-fevral va 2-mart kunlari;

HY-9687/9688 Toshkent-Krasnodar-Toshkent yo‘nalishida — 27-fevral i 1-mart kunlari

HY-3687/3688 Toshkent-Krasnodar-Toshkent yo‘nalishida — 2-mart kuni.

Bekor bo‘lgan parvozlar yo‘lovchilari aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega ekanliklari aytildi.

Avvalroq Uzbekistan Airways ikkita ikkita mantazam HY-3731/3732 Toshkent — Kiyev — Toshkent reyslarini bekor qilingani hamda Namangan — Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha HY-9825 reysi ortga majburiy qaytayotganini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina atrofidagi vaziyat keskinlashgani munosabati bilan Rossiya janubidagi 12 ta aeroport faoliyati 2 martga qadar to‘xtatildi. RF Ukraina bilan chegara hududlarining havo kengliklari fuqaro aviatsiyasi uchun yopilganini e’lon qildi.