Jamiyat

Rossiyadan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun ikkita maxsus poyezd qatnovi qo‘yilmoqda
24 avgust 2021, 15:48

Rossiyadan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun ikkita maxsus poyezd qatnovi qo‘yilmoqda

O‘zbekistonliklarni Voljskiy va Tolyattidan (Rossiya) olib chiqish uchun 27 va 30 avgust kunlari ikkita maxsus poyezd reysi yo‘lga qo‘yiladi.

Vaksinalar inson DNKsiga ta’sir qiladimi?
24 avgust 2021, 13:10

Vaksinalar inson DNKsiga ta’sir qiladimi?

Vaksinalar DNKga ta’sir qiladimi? Emlash inson genomiga ta’sir ko‘rsata oladimi? Koronavirusga qarshi vaksinaning nojo‘ya ta’siri qanday aniqlanadi? Biotexnolog, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev shu va boshqa savollarga javob berdi.

Fuqarolarning iqtisodiy holati, ijtimoiy kayfiyati jarimalar miqdori oshishiga tayyor emas — XDP
24 avgust 2021, 12:27

Fuqarolarning iqtisodiy holati, ijtimoiy kayfiyati jarimalar miqdori oshishiga tayyor emas — XDP

Xalq demokratik partiyasi O‘zbekistonda 1 sentyabrdan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshishiga munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, oylik oshirilishi bilan bir vaqtda bazaviy hisoblash miqdori va to‘lanadigan jarimalar hajmi oshishi jamoatchilik orasida savollar tug‘diryapti. «BHMning oshishi tor doiradagi qatlamga manfaatli bo‘lishi mumkin, ammo jarimalar oshishi barchaga birdek qiyinchilik tug‘dirishi mumkin», — deyiladi partiya munosabatida.

Toshkentda 1,3 tonnadan ortiq giyohvand moddalar yo‘q qilindi (foto)
24 avgust 2021, 12:24

Toshkentda 1,3 tonnadan ortiq giyohvand moddalar yo‘q qilindi (foto)

Toshkentda 1,3 tonnadan ortiq yoki o‘tgan yilga nisbatan qariyb uchdan bir qismga ko‘proq narkotiklar partiyasi yo‘q qilindi. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 6032 ta, ya’ni avvalgi yilga nisbatan 20 foiz ko‘proq jinoyat fosh etilgani ma’lum qilindi.

Oliy ta’lim vazirligining reyting tizimi nimani baholaydi — ilmiy-pedagogik ishlarnimi yoki bo‘shliqnimi?
24 avgust 2021, 11:30

Oliy ta’lim vazirligining reyting tizimi nimani baholaydi — ilmiy-pedagogik ishlarnimi yoki bo‘shliqnimi?

Ilmiy-pedagogik ishlarni baholashning hozirgi tizimi «botqoqlik»ni rag‘batlantiradi va olimlar hamda o‘qituvchilarni yuqori ilmiy natijalarga erishishga ruhlantirmay, «boshi berk ko‘cha»ga kelib qolgan, deb hisoblaydi faylasuf va antropolog Valeriy Xan. O‘qituvchilar va universitetlarning amaldagi reytinglari nima uchun mamlakat rivojlanishiga to‘siq bo‘lishi mumkinligi haqida muallifning maqolasida o‘qing.

JSST: COVID-19 bemorini uy sharoitida qanday davolash mumkin?
24 avgust 2021, 10:56

JSST: COVID-19 bemorini uy sharoitida qanday davolash mumkin?

JSST uyda COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarni parvarish qilishning asosiy qoidalarini eslatdi. Jumladan, virus yuqtirgan bemorni izolyatsiya qilish, u joylashgan xonani shamollatib turish va unga faqatgina niqob bilan kirish kerak. COVID-19 bilan kasallangan odamga tinchlik, ko‘p suyuqlik va to‘g‘ri ovqatlanish tartibi lozim.

23 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 avgust 2021, 20:48

23 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning KXSHT davlat rahbarlari sammitida mehmon sifatida ishtirok etishi, UzAuto Motors`ga yangi bosh direktor tayinlanishi, Qo‘rg‘ontepa tumani prokurorining o‘z lavozimidan ozod kilinishi — “Gazeta.uz"ning 23 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Uyida obodonlashtirish xodimlarini ishlatgan tuman prokurori ishdan olindi
23 avgust 2021, 16:48

Uyida obodonlashtirish xodimlarini ishlatgan tuman prokurori ishdan olindi

Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori Sardor Rejabboyev o‘z lavozimidan ozod kilindi. Avvalroq, u tuman obodonlashtirish xodimlarini o‘zining uchastkasida ishlatgani aytilgan edi.

Qo‘llanma: qadamlar uchun pul to‘laydigan 1hls ilovasini o‘rnatish va undan foydalanish
23 avgust 2021, 16:29 17

Qo‘llanma: qadamlar uchun pul to‘laydigan 1hls ilovasini o‘rnatish va undan foydalanish

Aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida 1hls ilovasi ishga tushirilgan edi. Uni mobil telefoniga yuklab, kunlik qadamlarni hisoblash va ular uchun elektron hamyonga pul to‘plash mumkin. Ilovani yuklab olish va undagi pulni bank kartasiga qanday o‘tkazish — «Gazeta.uz» qo‘llanmasida.

Qarshidagi manzil-koloniyada 19 yoshli mahkum lezviya bilan qorni va qo‘lini jarohatladi
23 avgust 2021, 13:25

Qarshidagi manzil-koloniyada 19 yoshli mahkum lezviya bilan qorni va qo‘lini jarohatladi

Qarshidagi manzil-koloniyada 19 yoshli mahkum lezviya bilan qornini va qo‘llarini 3−4 marotaba tilib, o‘ziga yengil tan jarohatlari yetkazdi. Bosh prokuratura koloniya xodimlariga ish qo‘zg‘atilganini rad etdi, biroq holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi.

Yuqorichirchiq tumani hokimining haydovchisi 16 yoshli qizni mashinada urib yubordi. U vafot etdi
23 avgust 2021, 12:24

Yuqorichirchiq tumani hokimining haydovchisi 16 yoshli qizni mashinada urib yubordi. U vafot etdi

Toshkent viloyatida Yuqorichirchiq tumani hokimiga tegishli bo‘lgan mashina 16 yoshli qizni urib yubordi. Olingan jarohatlar tufayli qiz kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xayriya hashariga 3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi
23 avgust 2021, 11:50

Xayriya hashariga 3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi

Shanba kuni respublika bo‘ylab o‘tkazilgan xayriya hasharida 3 mlrd 193 mln so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Shundan 189 mln so‘mdan ortig‘i «Mahalla» fondi hisobidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ajratilgan, deyiladi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hisobotida.

Haftaning birinchi yarmi issiq bo‘ladi
23 avgust 2021, 11:23

Haftaning birinchi yarmi issiq bo‘ladi

Haftaning birinchi yarmida havo harorati +38 darajada bo‘lishi kutilmoqda. 27 avgustdan boshlab harorat asta-sekin pasayadi.

Alisher Qodirovning prezidentlikka nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun imzolar majburiy yig‘ilayotgani aytilmoqda
23 avgust 2021, 10:41

Alisher Qodirovning prezidentlikka nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun imzolar majburiy yig‘ilayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab targ‘ibochilari uyma-uy yurib, «Milliy tiklanish» partiyasining prezidentlikka nomzodi Alisher Qodirovni qo‘llab-quvvatlash uchun majburiy ravishda imzolar yig‘ayotgani aytilmoqda. Holatga Alisher Qodirov munosabat bildirib, imzo yig‘ishda majburlash bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi va partiya faollarining bosimiga uchraganlardan deputatning Telegram-botiga xabar berishni so‘radi.

USAID qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun $1 mln ajratdi
23 avgust 2021, 09:39

USAID qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun $1 mln ajratdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va USAID qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan memorandum imzoladi. USAID shuningdek agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha loyiha doirasida qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 1 mln AQSh dollari ajratdi.

Samarqanddagi tibbiyot muassasalari dori vositalarini 5,6 mlrd so‘m qimmatroqqa xarid qilgani aniqlandi
22 avgust 2021, 15:53

Samarqanddagi tibbiyot muassasalari dori vositalarini 5,6 mlrd so‘m qimmatroqqa xarid qilgani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalari muqobil tijorat takliflari mavjud bo‘lgani holda, 14,9 mlrd so‘mga, ya’ni 5 mlrd 643 million so‘m qimmatroqqa dori vositalari xarid qilganini aniqladi. «O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“ArMI — 2021” musobaqalari ishtirokchilari COVID-19`ga qarshi emlangan
22 avgust 2021, 15:39

“ArMI — 2021” musobaqalari ishtirokchilari COVID-19`ga qarshi emlangan

22 avgustdan 5 sentyabrgacha davom etadigan “ArMI — 2021” Xalqaro armiya o‘yinlaridan avval o‘tkazilgan matbuot anjumanida musobaqada qatnashadigan ishtirokchilarning barchasi koronavirusga qarshi emlangani ma’lum qilindi. Ta’kidlanishicha, xorijiy ishtirokchilar uyiga qaytib ketishidan oldin ham to‘liq tekshiruvlardan o‘tadi.

Senator Topiboldi Xoldorov vafot etdi
22 avgust 2021, 15:26

Senator Topiboldi Xoldorov vafot etdi

Oliy Majlis Senati a’zosi, Farg‘ona viloyati Keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari Topiboldi Xoldorov 79 yoshida vafot etdi.

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi noma’lum muddatga viza bo‘limini yopdi
22 avgust 2021, 13:31

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi noma’lum muddatga viza bo‘limini yopdi

Tashqi siyosiy vaziyat tufayli Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo‘limi noma’lum muddatgacha yopiq bo‘ladi.

Farg‘onada Nexia ag‘darilishi oqibatida 3 kishi vafot etdi
22 avgust 2021, 12:45

Farg‘onada Nexia ag‘darilishi oqibatida 3 kishi vafot etdi

Dang‘ara tumanida mast holatda bo‘lgan haydovchi boshqaruvidagi Nexia avtomobili ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting