Payshanba kuni 21:00 da noma’lum erkak Toshkent metropolitenining Mirzo Ulug‘bek stansiyasida o‘zini poyezd ostiga tashladi.

Buning natijasida Chilonzor liniyasining bir yo‘nalishida harakat to‘xtab qoldi, deya xabar qildi metropoliten ma’muriyati.

Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha mavjud emas. Metropoliten holat yuzasidan batafsil ma’lumotni dastlabki surushtiruv ishlari yakunidan keyin berilishini bildirdi.