Ukraina havo hududi yo‘lovchi havo kemalari qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan, HY-3731/3732 Toshkent — Kiyev — Toshkent muntazam qatnovlarining 27 fevral va 2 mart kunlari rejalashtirilgan parvozlari bekor qilinadi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar qildi.

Bekor bo‘lgan parvozlar yo‘lovchilari aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar, deyiladi xabarda.

Uzbekistan Airways yo‘lovchilar jadvaldagi har qanday o‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qilinishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways 24 fevral kuni Namangan — Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha HY-9825 reysi Rossiyaning Rostov viloyati havo maydoni yo‘lovchi samolyotlari uchun yopilgani sababli ortga majburiy qaytayotganini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek, Rossiya janubidagi 12 ta aeroport ham 2 martga qadar faoliyatini to‘xtatdi.