Jamiyat

Ukrainadagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun birinchi aviareys 28 fevralga rejalashtirilgan
27 fevral 2022, 23:30

Ukrainadagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun birinchi aviareys 28 fevralga rejalashtirilgan

O‘zbekiston TIV Ukrainadagi o‘zbekistonliklarni Polsha orqali evakuatsiya qilish uchun birinchi reysni 28 fevralda amalga oshirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 600 nafardan ortiq fuqarolar Polsha chegarasiga yetkazilgan, ularning 110 nafarga yaqini chegarani kesib o‘tgan.

Ukraina-Polsha chegarasini kesib o‘tish jarayoni uzoq vaqt olishi mumkin — TIV
27 fevral 2022, 17:25

Ukraina-Polsha chegarasini kesib o‘tish jarayoni uzoq vaqt olishi mumkin — TIV

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi mamlakatdan evakuatsiya qilinayotgan o‘zbekistonliklar Polsha chegarasidan o‘tishiga uzoq vaqt ketayotganligini ma’lum qildi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan fuqarolardan hech bo‘lmaganda ularning qog‘oz nusxasi yoki mobil telefondagi skaneri bo‘lishi so‘ralgan. Moldovada bo‘lgan o‘zbekistonliklarga yordam berish uchun shtab tashkil etilmoqda.

Kunlik koronavirus holatlari kamayishda davom etmoqda
27 fevral 2022, 11:39

Kunlik koronavirus holatlari kamayishda davom etmoqda

Shanba kuni O‘zbekistonda 125 kishida kovid qayd etildi. Kun davomida 3 nafar bemor vafot etdi, 19 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.

Toshkentda Spark metroga tushib ketdi
27 fevral 2022, 10:45

Toshkentda Spark metroga tushib ketdi

Toshkentda Spark metroning «Shahriston» bekatidan chiqib ketayotgan piyodani urib yuborib, yer osti yo‘lagiga tushib ketdi.

1 martdan nimalar o‘zgaradi?
27 fevral 2022, 01:01

1 martdan nimalar o‘zgaradi?

Yonida biometrik pasport yoki ID-karta bo‘lgan haydovchidan «prava», texpasport, ishonchnoma va sug‘urta polisi talab etilmaydi, niqob taqish majburiyati bekor qilinadi, UJK xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga oylik kompensatsiya to‘lovlari joriy etiladi, sement, klinker va qurilish oynalari eksportiga cheklovlar bekor qilinadi, IIV tizimidagi «Topilmalar stoli» faoliyati tugatiladi — 1 martdan nimalar o‘zgaradi?

Ukrainadagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish boshlandi (video)
26 fevral 2022, 23:02

Ukrainadagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish boshlandi (video)

Ukrainada 90 nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarolaridan iborat birinchi evakuatsiya guruhi Polsha chegarasiga qarab yo‘lga chiqdi.

Shamsiddin Turdaliyev Oltiariq tumaniga hokim bo‘ldi
26 fevral 2022, 17:05

Shamsiddin Turdaliyev Oltiariq tumaniga hokim bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining Rishton tumani prokurori Shamsiddin Turdaliyev Oltiariq tumani hokimi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda fevral boshida Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘lgan Xolmirza Niyozovning o‘rnini egalladi.

Toshkent va Boku o‘rtasidagi aviaparvozlar qayta tiklanadi
26 fevral 2022, 15:17

Toshkent va Boku o‘rtasidagi aviaparvozlar qayta tiklanadi

Mart oyidan boshlab Toshkent Ozarbayjonning Boku shahri bilan aviaparvozlarni qayta tiklaydi. Aviareyslar haftada bir marta — seshanba kunlari amalga oshiriladi.

Nima tayyorlaymiz: quymoqlar
26 fevral 2022, 11:43

Nima tayyorlaymiz: quymoqlar

Sutda pishirilgan klassik hamda «nuqta"li quymoqlar, kefir va qaynagan suvda tayyorlangan quymoqlar, «Krep syuzett», pishloq va ko‘katli — Zira.uz quymoqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

O‘zbekiston qahramoni Ibrohim Fayzullayev vafot etdi
26 fevral 2022, 11:07

O‘zbekiston qahramoni Ibrohim Fayzullayev vafot etdi

O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi, agronom, Ibrohim Fayzullayev 89 yoshida vafot etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev uning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi.

Ilonlar qornidagi tangachalarni sanayman
26 fevral 2022, 10:50

Ilonlar qornidagi tangachalarni sanayman

Sizni zaharli ilon chaqib olsa, nima qilish kerak, echkemarlar go‘shti saraton va jigar sirrozini davolaydimi, boshni nam salfetkalar bilan qanday qilib yuvish mumkin? Ushbu savollarga javoblarni gerpetologlar — sudraluvchilar va amfibiyalarni o‘rganadigan mutaxassislar bilishadi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda sanoqli gerpetologlar bor. «Gazeta.uz» muxbiri Yekaterina Soy ulardan biri Timur Abduraupovdan ekspeditsiyalar, toshbaqalarni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan kurash, uydagi kaltakesak va ilonlar kolleksiyasi hamda maoshlari haqida so‘radi.

Juma kuni 138 kishida kovid aniqlandi
26 fevral 2022, 10:47

Juma kuni 138 kishida kovid aniqlandi

Juma kuni O‘zbekistonda 138 kishining kovidga topshirgan PZR-testi musbat natijani qayd etdi, bu bir kun oldingi (156 ta) holatdan kamroq. Kun davomida ikki bemor vafot etdi, 21 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.

«Vatanparvar» tashkiloti Xalqaro kinologiya ittifoqiga a’zo bo‘ldi
26 fevral 2022, 10:32

«Vatanparvar» tashkiloti Xalqaro kinologiya ittifoqiga a’zo bo‘ldi

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Xalqaro kinologiya ittifoqiga a’zo bo‘ldi. Fevral o‘rtalarida tashkilot Rossiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada svergshnautser, veo, biver-yorkshir terer, pudel toy zotiga mansub itlari bilan qatnashgandi.

Birgalikda ibodat qilish uchun diniy tashkilot tashkil etish talab qilinadi — Din ishlari qo‘mitasi
26 fevral 2022, 10:23

Birgalikda ibodat qilish uchun diniy tashkilot tashkil etish talab qilinadi — Din ishlari qo‘mitasi

Din ishlari qo‘mitasi toshkentlik tadbirkor ishchi va mijozlar uchun namozxona tashkil etgani uchun jarimaga tortilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, fuqarolar birgalikda ibodat qilishlari uchun diniy tashkilot tashkil etish talab qilinadi.

Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasiga gullar va yozuvlar olib kelinmoqda
25 fevral 2022, 22:48

Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasiga gullar va yozuvlar olib kelinmoqda

Toshkentliklar ukrain xalqini qo‘llab-quvvatlab, urushga qarshi ekanliklarini bildirish uchun poytaxtdagi Ukraina elchixonasi binosiga gullar, yumshoq o‘yinchoqlar va yozuvlar olib kelishmoqda.

25 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
25 fevral 2022, 22:00

25 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qoraqalpog‘istonga tashrifini kutilganidan avval yakunlagan prezident, Polsha orqali evakuatsiya qilinadigan Ukrainadagi o‘zbekistonliklar, Navoiyda noqonuniy oltin qazishga uringan 54 fuqaro, O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishga tayyorlanayotganini aytgan bosh vazir, Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan Shavkat Mirziyoyev va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 25 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Poytaxtdagi DXMlar eski «prava»ni almashtirish uchun so‘nggi mijoz qolgunicha xizmat ko‘rsatadi
25 fevral 2022, 18:04

Poytaxtdagi DXMlar eski «prava»ni almashtirish uchun so‘nggi mijoz qolgunicha xizmat ko‘rsatadi

Davlat xizmatlari agentligi eski haydovchilik guvohnomasini majburiy almashtirish muddati tugayotgani munosabati bilan DXMlarga kuniga 700 nafargacha fuqaro murojaat qilayotganini ma’lum qildi. Shundan kelib chiqib, endi poytaxtning 10 ta tumanidagi DXMlar yangi guvohnomani berish uchun so‘nggi mijoz qolgunicha faoliyat ko‘rsatadi.

Iyulgacha 4 mln doza Pfizer, 7,5 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinadi — Bahodir Yusupaliyev
25 fevral 2022, 15:59

Iyulgacha 4 mln doza Pfizer, 7,5 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinadi — Bahodir Yusupaliyev

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev mart, iyun va iyul oylarida yana 4 mln doza Pfizer, 7,5 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinishini ma’lum qildi. Qolaversa, O‘zbekistonda yana 10 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi ham ishlab chiqarilgan.

Andijon shahar xalq ta’limi tizimida daromad solig‘i hisobidan 11,5 mlrd so‘m o‘zlashtirilgani aniqlandi
25 fevral 2022, 15:19

Andijon shahar xalq ta’limi tizimida daromad solig‘i hisobidan 11,5 mlrd so‘m o‘zlashtirilgani aniqlandi

Xalq ta’limi vazirligi 2021-yilda ta’lim muassasalari 91,1 mlrd so‘mlik moliyaviy xatoga yo‘l qo‘ygani, shundan 27,1 mlrd so‘mni talon-toroj qilganini aniqladi. Birgina Andijon shahrida xodimlarning daromad solig‘i budjetga o‘tkazilmasdan, 11,5 mlrd so‘m o‘zlashtirilgan. Avvalroq, 2018−2020-yillarda Andijon shahar XTB rahbarlari 57 mlrd so‘m talon-toroj qilgani aytilgandi.

O‘zbekiston Ukrainadagi fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qiladi
25 fevral 2022, 15:09

O‘zbekiston Ukrainadagi fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qiladi

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarni Polsha orqali evakuatsiya qilishini xabar qildi. Lvovga kelgan o‘zbekistonliklardan diaspora vakili Maruf Saliyevga murojaat qilish so‘ralgan. Evakuatsiya vaqtida qariyalar, bolalik ayollar, talabalar va bolalar ustunlikka ega bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting