Jamiyat

Toshkentda prokuratura tergovchisi pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi
7 may 2022, 15:16

Toshkentda prokuratura tergovchisi pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi

Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi 50 ming AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Iste’molchilarga yil boshidan buyon 72,3 mlrd so‘m keshbek qaytarildi
7 may 2022, 14:31

Iste’molchilarga yil boshidan buyon 72,3 mlrd so‘m keshbek qaytarildi

Soliq qo‘mitasi yanvar-mart oylari uchun iste’molchilarga yana 4,2 mlrd so‘m keshbek to‘lab berdi. Yil boshidan buyon iste’molchilarga to‘langan summa 72,3 mlrd so‘mga yetdi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish soddalashdi
7 may 2022, 14:14

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish soddalashdi

Viloyat hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan talab yuqori bo‘lgan yerlar bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazadi. Fuqarolardan yerni tanlovga chiqarish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish muddati 3 ish kuni etib belgilandi. Bundan tashqari, tanlovga chiqarilgan yerni olmoqchi bo‘lgan talabgorlar 1 martdan keyin xorijdan kelgan mehnat migrantlari bo‘lsa, zakalat puli to‘lashdan ozod etiladi.

Abramovich «Chelsi» klubini sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi, bitim summasi: 4,25 mlrd funt
7 may 2022, 13:05

Abramovich «Chelsi» klubini sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi, bitim summasi: 4,25 mlrd funt

Siyosiy vaziyat sabab «Chelsi» klubini sotishga qaror qilgan Roman Abramovich uni amerikalik va shveysariyalik milliarderlar guruhiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Umumiy kelishuv summasi 4,25 mlrd funtni tashkil etdi. Endi kelishuvni Britaniya hukumati va Angliya Premer-ligasi rahbariyati tasdiqlashi kerak.

«Qamchiq» dovonida sel sababli qulab tushgan tayanch ustuni qayta tiklandi
7 may 2022, 11:46

«Qamchiq» dovonida sel sababli qulab tushgan tayanch ustuni qayta tiklandi

4 may kuni kechasi «Qamchiq» dovonida kuzatilgan sel oqibatida poyezdni elektr quvvati bilan ta’minlovchi tayanch ustuni qulab tushgan. Tezkor shtab tomonidan elektr tayanch ustuni va yo‘l ostidan qo‘shimcha sel o‘tkazgich qurildi.

2021-yilda maktab direktorlari eng ko‘p majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan
7 may 2022, 11:39

2021-yilda maktab direktorlari eng ko‘p majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan

Davlat mehnat inspeksiyasi 2021-yilda mehnat bilan bog‘liq 52,5 mingta qonunbuzilish holatlarini aniqladi. 75 nafar mansabdor shaxs majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygani uchun jarimaga tortilgan. Ularning orasida eng ko‘pi maktab direktorlari bo‘lgan.

Yana bir hokim yordamchisi pora olayotganda ushlandi
7 may 2022, 10:34

Yana bir hokim yordamchisi pora olayotganda ushlandi

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi hokim yordamchisi tadbirkordan 35 ming dollar pora olayotgan vaqtida ushlandi.

Energiya iste’moli deyarli nolga teng bo‘lgan uy — u qanday qurilgan?
7 may 2022, 09:53

Energiya iste’moli deyarli nolga teng bo‘lgan uy — u qanday qurilgan?

Energiya samarador uy — bu qanday uy? Juda kam miqdorda energiya iste’mol qiladigan, o‘z iste’moli uchun energiyani o‘zi ishlab chiqaradigan, issiq suv bilan ta’minlangan va issiqlikni yo‘qotmaslik xususiyatiga ega bo‘lgan qishloq yoki shahar turar-joy binosini tasavvur qiling. O‘zbekistonda ilk bor ana shunday namunaviy uy BMTTD va GEF mablag‘lari hisobidan Nurafshonda qurib bitkazildi.

Shuxrat Rasulov “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi rahbari etib tayinlandi
7 may 2022, 09:50

Shuxrat Rasulov “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi rahbari etib tayinlandi

“Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi kuzatuv kengashi qarori bilan Shuxrat Rasulov tashkilot boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. U bunga qadar “Agrobank” boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasini 2019 yildan buyon Sarvar Otamurodov boshqarib kelayotgan edi.

Nima tayyorlaymiz: Qulupnayli pishiriqlar
7 may 2022, 09:46

Nima tayyorlaymiz: Qulupnayli pishiriqlar

Italyancha qulupnayli pirog, qulupnayli brauni, banan-qulupnayli tort, qulupnayli muss, «Magnoliya» shirinligi va tvorogli tort — Zira.uz qulupnaydan tayyorlanadigan pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

6 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
6 may 2022, 22:00

6 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarining bir yilga qoldirilgani, tendersiz tanlangan Toshkentdagi muzeylarni rekonstruksiya qiladigan loyihachi va pudratchilar, o‘zbek-qirg‘iz chegarasidan noqonuniy o‘tgani uchun otilgan 3 qirg‘izistonlik, keyingi haftada kutilayotgan sel va toshqinlar, 9 mayda otiladigan bayram salyuti va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 6 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Samarqanddagi 60 o‘rinli maxsus qabulxonada 160 kishi saqlanayotgani aniqlandi
6 may 2022, 19:07

Samarqanddagi 60 o‘rinli maxsus qabulxonada 160 kishi saqlanayotgani aniqlandi

Samarqand viloyatidagi 60 o‘rinli ma’muriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun maxsus qabulxonada 161 kishi saqlanayotgani aniqlandi. Ombudsmanning mintaqaviy vakili tomonidan saqlanuvchi shaxslarning yashash va mehnat sharoitlari o‘rganildi. Ularning bir kunlik daromadi o‘rtacha 40 500 so‘mni tashkil qiladi.

O‘zbekiston aholisi 35,4 mln kishiga yetdi
6 may 2022, 17:57

O‘zbekiston aholisi 35,4 mln kishiga yetdi

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning doimiy aholisi 130 ming kishiga ko‘payib, 35,4 mln kishiga yetdi. Yil davomida o‘zbekistonliklar soni 738,3 ming kishiga yoki 2,1 foizga o‘sdi. Yilning dastlabki uch oyida tug‘ilishlar soni keskin — 13,4 foizga o‘sdi, o‘lim darajasi esa 0,5 foizga oshdi va koviddan avvalgi ko‘rsatkichdan yuqoriligicha qolmoqda.

9−13-may kunlari 9 ta viloyatga sel kelish xavfi bor
6 may 2022, 17:38

9−13-may kunlari 9 ta viloyatga sel kelish xavfi bor

O‘zgidromet kuchli yomg‘irlar tufayli dushanbadan-jumagacha respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Notarius ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanayotgan shaxsning uyini sotib yuborishda gumonlanmoqda
6 may 2022, 17:16

Notarius ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanayotgan shaxsning uyini sotib yuborishda gumonlanmoqda

Qibray tumanida davlat notarial idorasi notariusi ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanayotgan shaxsning uyini sotib yuborganlikda gumon qilinmoqda.

Foto: Toshkentning eski shaharida varraklar uchirilishi
6 may 2022, 16:19

Foto: Toshkentning eski shaharida varraklar uchirilishi

Bahorda O‘zbekistonda varrak uchirish mavsumi boshlanadi. «Gazeta.uz» fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin va fotosuratchi Mirzayor Erkinov Toshkentning eski shaharida varraklar uchirilishini kuzatishdi.

Surxondaryoda suv toshqini tufayli 230 dan ortiq odam evakuatsiya qilindi
6 may 2022, 15:26 1

Surxondaryoda suv toshqini tufayli 230 dan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Surxondaryoning Uzun tumanida kuchli yog‘ingarchilik natijasida 40 ga yaqin uy suv ostida qoldi, 230 dan ortiq kishi maktab binosiga vaqtincha joylashtirildi. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Ulug‘bek Azamov AOKA direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi
6 may 2022, 15:01

Ulug‘bek Azamov AOKA direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi

Turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Azamov AOKA direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

9 may kuni salyuti «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida tashkil etiladi (yangilandi)
6 may 2022, 13:45

9 may kuni salyuti «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida tashkil etiladi (yangilandi)

9 may kuni kechqurun Toshkentdagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida «Xotira va qadrlash kuni»ga bag‘ishlangan bayram salyuti tashkil etiladi.

Go‘sht va o‘simlik yog‘i importiga nol darajali QQS stavkasi muddati uzaytirildi
6 may 2022, 12:13

Go‘sht va o‘simlik yog‘i importiga nol darajali QQS stavkasi muddati uzaytirildi

Bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go‘sht, o‘simlik yog‘i va kartoshkani olib kirish va sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi muddati 2022 yil oxirigacha uzaytirildi. Shuningdek, Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlar 2031 yilgacha ayrim soliqlarni 1 foizda to‘laydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting