Prezident Qoraqalpog‘istonga tashrifini kutilganidan avval yakunladi

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi e’lon qilingan sanadan bir kun oldin yakunladi. Safar uch kunga rejalashtirilgan edi.

Kreml: Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Ukrainada amalga oshirayotgan harakatlarini tushunishini bildirdi

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari telefonda muloqot qilib, «Ukrainadagi demilitarizatsiya va denatsifikatsiya» vaziyatini muhokama qilishdi.

O‘zbekiston Ukrainadagi fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qiladi

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarni Polsha orqali evakuatsiya qilishini xabar qildi. Lvovga kelgan o‘zbekistonliklardan diaspora vakili Maruf Saliyevga murojaat qilish so‘ralgan. Evakuatsiya vaqtida qariyalar, bolalik ayollar, talabalar va bolalar ustunlikka ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda — Abdulla Aripov

25 fevral kuni Yevrosiyo hukumatlararo kengashi a’zolari yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishga tayyorlanayotganini ta’kidladi.

Poytaxtdagi DXMlar eski «prava»ni almashtirish uchun so‘nggi mijoz qolgunicha xizmat ko‘rsatadi

Davlat xizmatlari agentligi eski haydovchilik guvohnomasini majburiy almashtirish muddati tugayotgani munosabati bilan DXMlarga kuniga 700 nafargacha fuqaro murojaat qilayotganini ma’lum qildi. Shundan kelib chiqib, endi poytaxtning 10 ta tumanidagi DXMlar yangi guvohnomani berish uchun so‘nggi mijoz qolgunicha faoliyat ko‘rsatadi.

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhining beshinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari Laziz Kudratov va Yevropa parlamentining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Devid Makallister O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi hamda «GSP+» Preferensiyalar bosh tizimidan foydalanish doirasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

YeOII O‘zbekistonning alohida loyihalarda ishtirok etish taklifini qo‘llab-quvvatladi

Yevroosiyo hukumatlararo kengashi O‘zbekistonning to‘rt yo‘nalishda, jumladan, temir yo‘l transportini raqamlashtirish, «Yevroosiyo Ekspress» loyihasi va boshqa yo‘nalishlarda YeOII ishidagi ishtirokini kengaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, bosh vazir Abdulla Aripov temir yo‘l va avtomobil transportida yo‘lovchi tashishni tiklashni taklif qildi.

Iyulgacha 4 mln doza Pfizer, 7,5 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinadi — Bahodir Yusupaliyev

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev mart, iyun va iyul oylarida yana 4 mln doza Pfizer, 7,5 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinishini ma’lum qildi. Qolaversa, O‘zbekistonda yana 10 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi ham ishlab chiqarilgan.

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olayotgan 54 kishi qo‘lga olindi

Navoiy viloyatidagi Lolazor eski tilla konlarida Navoiy, Samarqand va Buxorodan kelgan 54 nafar fuqaro litsenziyasiz oltin qazib olayotgani vaqtida ushlandi. Ular qazib olgan, tarkibida oltin zarralari bo‘lgan qum esa tekshiruv uchun Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga yuborildi. Avvalroq, ayni shu hududda 4 kishini qum bosib qolgandi.

O‘zini metrodagi poyezd ostiga tashlagan erkak voqea joyida vafot etgan

Toshkent shahrida o‘zini metro poyezdi ostiga tashlagan erkak Sirdaryoning Sardoba tumanidan bo‘lgan. U voqea joyida vafot etgan.

Hududgaz Jizzax korxonasining ikki nafar xodimi pora olayotgan vaqtida ushlandi

«Hududgaz Jizzax» gaz ta’minoti filiali xodimlari tadbirkorning 384,6 mln so‘mlik qarzini pora evaziga kamaytirib bermoqchi bo‘lgan. Ular pora olgan vaqtida qo‘lga olingan.

5 baho uchun somon tashittirgan ustozimni ikkita shart bilan ishga olgandim — Abduqodir Toshqulov

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov o‘zining talabalik yillari, ilgari OTMga hujjat topshirishda kuzatilgan qiyinchiliklar, talabalar o‘rtasidagi mahalliychilik, pul topish uchun qora ish qilishga to‘g‘ri kelgani haqida so‘zlab berdi. Qolaversa, sessiyada fanlarni yopib yurgan yillarini esga olar ekan, 5 baho evaziga 4 «telejka» somon tashittirgan ustozini universitetga rektor bo‘lgach, ikkita shart bilan ishga olganini aytdi.

Dam olish kunlari ob-havo issiq bo‘ladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qish fasliga hos bo‘lmagan juda iliq harorat bo‘lishi kutilmoqda. Bu Eron hududlaridan kirib keladigan havo hisobiga yuz beradi. Harorat kunduz kunlari +23…+25 darajagacha ko‘tariladi. Fevralning so‘nggi kunida esa Farg‘ona vodiysidan boshqa barcha hududda yomg‘ir yog‘adi.

Koronavirusning kunlik holati biroz ko‘paydi

Payshanba kuni 156 kishining COVID-19`ga torshirgan test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, bir kun oldin ushbu ko‘rsatkich — 140 tani tashkil qilgandi. Qolaversa, 26 kishida pnevmoniya aniqlandi.