26 fevral kuni O‘zbekistonda 125 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu bir kun oldingi (138 ta) ko‘rsatkichdan kamroq.

Qolaversa, 19 nafar (bir kun avval — 21) kishida pnevmoniya aniqlandi, deb xabar bermoqda SSV.

Pandemiya boshlangan sanadan boshlab to hozirgi kunga qadar 236 299 nafar fuqaro koronavirusga chalingan.


Kecha eng ko‘p holatlar Toshkent shahri (50) va viloyatida (24), Samarqandda (10) ro‘yxatga olindi. Qolgan hududlarda esa 8 tadan (Buxoro) past ko‘rsatkich qayd etilgan. Qoraqalpog‘iston va Farg‘ona viloyatida 1 nafardan fuqaro virus yuqtirib olgan.

Virusdan to‘liq davolanganlarning umumiy soni 232 597 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar bemor kovid asoratlari oqibatida vafot etdi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, kasallikdan vafot etganlarning umumiy soni 1633 nafarni tashkil qilmoqda.