«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda quymoqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Kefir va qaynagan suvda pishirilgan quymoqlar


Kefir va qaynagan suvda pishirilgan quymoqlar nafaqat mazali, balki juda foydali ham hisoblanadi. Bunday pishiriq ajoyib nonushta yoki yengilgina kechki taom o‘rnini bemalol bosa olishiga shubha yo‘q.

«Krep syuzett» quymoqlari


Fransiyaning klassik deserti «Krep syuzett» quymoqlari — apelsin qaylasi bilan tortiq qilinadi. Shu bois ham ular mazali, xushbo‘y va yupqa bo‘lib pishadi — ta’tib ko‘rish tavsiya qilinadi.

Sutda pishirilgan klassik quymoqlar


Sutda pishirilgan quymoqlar — haqiqiy uy taomlaridan biri hisoblanadi. Ularni nonushtaga yoki desert sifatida dasturxonga tortishingiz mumkin.

Sutda pishirilgan «nuqta"li quymoqlar


«Nuqta-nuqta» ko‘rinishga ega noodatiy quymoqlar — istalgan «nachinka» bilan mos keladigan ajoyib desertdir. Ushbu quymoqlar nafaqat noodatiy ko‘rinishga ega, balki har safar siz kutgandek chiroyli ko‘rinishda tayyor bo‘ladi.

Xamirturushli quymoqlar


Xamirturush solib pishiriladigan quymoqlar juda yaxshi shishib pishadi. To‘g‘ri, ularni tayyorlash uchun anchagina vaqt sarflash lozim, ammo natijasi shunga arziydi.

Pishloq va ko‘katli quymoqlar


Bu safargi mayin va yumshoq quymoqlarimizga shivit (ukrop) va pishloqdan solib pishirdik. Bunday quymoqlar ichiga qo‘shimcha «nachinkalar» solish talab etilmaydi, chunki ularning o‘zi sersuv bo‘lib pishadi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15