8 martdan boshlab Toshkent — Boku — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda, deb xabar berdi Uzbekistan Airways.

Parvozlar haftada bir marta — seshanba kunlari jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

  • Toshkent — Boku: uchish 14:40 — yetib borish 16:35 (mahalliy vaqt bilan)
  • Boku — Toshkent: uchish 17:35 — yetib borish 21:10 (mahalliy vaqt bilan).

Toshkent — Boku yo‘nalishida qatnovlar narxi 2 498 974 so‘mdan (bagajsiz) va 2 843 660 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Toshkent — Boku — Toshkent yo‘nalishida esa 4 727 123 so‘mdan (bagajsiz) va 5 318 014 so‘mdan (bagaj bilan) narx belgilangan.

Mazkur summalar ma’lumot e’lon qilingan sana holatiga ko‘ra amal qiladi.