25 fevral holatiga O‘zbekistonda 138 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu bir kun oldingi (156 ta) ko‘rsatkichdan kamroq.

Qolaversa, 21 nafar (bir kun avval — 26) kishida pnevmoniya aniqlandi, deb xabar bermoqda SSV,

Pandemiya boshlangan sanadan boshlab to hozirgi kunga qadar 236 174 nafar fuqaro virusga chalindi.

Kecha eng ko‘polat Toshkent shahri (47) va viloyatida (28), Samarqandda (19) ro‘yxatga olindi. Qolgan hududlarda esa 8 tadan (Surxondaryo) past ko‘rsatkich qayd etilgan. Qoraqalpog‘iston va Navoiy viloyatida 1 nafardan fuqaro virus yuqtirib olgan.

Virusdan to‘liq forig‘ bo‘lganlarning umumiy soni 232 049 nafarni (98%) tashkil etmoqda.

️Shuningdek, 2 nafar bemor kovid asoratlari oqibatida vafot etdi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, kasallikdan vafot etganlarning soni umumiy soni 1630 nafarni tashkil qilmoqda.