Jamiyat

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi ish faoliyatini to‘liq tikladi
22 aprel 2022, 09:59

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi ish faoliyatini to‘liq tikladi

O‘zbekistonning Kiyev shahridagi elchixonasi 22 apreldan o‘z ish faoliyatini to‘liq tiklagani ma’lum qilindi. Elchixona vaqtincha Lvov shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan edi.

Toshkentdagi Xalqaro biznes markazidan tushib ketgan erkak o‘z joniga qasd qilganligi aytilmoqda
21 aprel 2022, 23:16

Toshkentdagi Xalqaro biznes markazidan tushib ketgan erkak o‘z joniga qasd qilganligi aytilmoqda

21 aprel kuni Xalqaro biznes markazining 9-qavatidan tushib ketgan 42 yoshli erkak o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Voqea joyi o‘rab olingan. Yunusobod tuman prokuraturasi holatni o‘rganmoqda.

Foto: Jizzaxda sodir bo‘lgan sel oqibatlari
21 aprel 2022, 22:53

Foto: Jizzaxda sodir bo‘lgan sel oqibatlari

20 aprel kuni Jizzaxda sel va suv toshqinlaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan Egizbuloq mahallasida 5 kishi, shu jumladan ikki nafar yosh bola halok bo‘ldi. Bundan tashqari, 53 ta xonadon to‘liq talofat ko‘rdi. 25 ta uyda yashovchi 100 dan ortiq fuqaro vaqtincha boshqa joyga ko‘chirildi. Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev va Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev voqea joyida bo‘lib turibdi. Tafsilotlar «Gazeta.uz» fotoreportajida.

XTV Toshkentdagi Mehribonlik uyidagi vaziyat yuzasidan izoh berdi
21 aprel 2022, 20:24

XTV Toshkentdagi Mehribonlik uyidagi vaziyat yuzasidan izoh berdi

Toshkentdagi 21-Mehribonlik uyida yuzaga kelgan vaziyat o‘rganilganda, muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan xodimlardan biriga nisbatan e’tiroz kayfiyati shakllangani aniqlandi, deb xabar berdi XTV.

Ayrim nodavlat tashkilotlar «Elektron hukumat» tizimidan shaxsga doir ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo‘ldi
21 aprel 2022, 20:19

Ayrim nodavlat tashkilotlar «Elektron hukumat» tizimidan shaxsga doir ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo‘ldi

1 sentabrdan ayrim nodavlat tashkilotlarga «Elektron hukumat» tizimi orqali shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. Ular shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor qilmaslik bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishlari shart.

Toshkentda Nikolay II davriga oid deb qalbaki tilla tangalarni sotayotgan shaxs ushlandi
21 aprel 2022, 18:24

Toshkentda Nikolay II davriga oid deb qalbaki tilla tangalarni sotayotgan shaxs ushlandi

Toshkentning Uchtepa tumanida Nikolay IIning nominal qiymati 5 rubl bo‘lgan 20 dona qalbaki tilla tangani sotmoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga olindi. U har bir tangani 300 dollarga baholagan.

SHHT sintetik giyohvandlik vositalarining tez tarqalishini mintaqaviy xavfsizlikka jiddiy tahdid deb hisoblaydi
21 aprel 2022, 18:02

SHHT sintetik giyohvandlik vositalarining tez tarqalishini mintaqaviy xavfsizlikka jiddiy tahdid deb hisoblaydi

Sintetik giyohvandlik vositalari va yangi turdagi psixofaol moddalarning tez sur’atlarda tarqalishi, shuningdek, giyohvandlik vositalari ishlab chiqarishda kimyoviy moddalarning noqonuniy aylanishining kuchayishi mintaqaviy xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi. Bu haqda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning giyohvandlik moddalariga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli organlar rahbarlarining yig‘ilishi yakuni bo‘yicha ma’lum qilindi.

Jizzaxda sel tufayli halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi
21 aprel 2022, 17:12

Jizzaxda sel tufayli halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi

Jizzax viloyatida bir kun avval bedarak yo‘qolgani aytilgan yana bir fuqaroning jasadi topildi. Sel qurbonlarining umumiy soni besh nafarga yetdi. Jizzax viloyati prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga harbiylar ham jalb qilingan.

Ularga, baribir, tekinga suv yetkazilmaydi — Dehqonobod hokimligi buloq qurishi tufayli suvsiz qolgan qishloq aholisi haqida
21 aprel 2022, 17:00

Ularga, baribir, tekinga suv yetkazilmaydi — Dehqonobod hokimligi buloq qurishi tufayli suvsiz qolgan qishloq aholisi haqida

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani «Nurli kelajak» mahallasidagi buloq qurib qolgani sababli aholi ichimlik suvisiz qolmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ayollarning buloq suvini talashayotgani aks etgan video tarqaldi. Tuman hokimligi vakili «Gazeta.uz»ga muammo yil oxirigacha hal bo‘lmasligi, aholiga esa tekinga suv yetkazilmasligini ma’lum qildi.

Bu yil 5−6−7−8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari o‘tkazilmaydi
21 aprel 2022, 16:42

Bu yil 5−6−7−8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari o‘tkazilmaydi

Joriy o‘quv yili yakunida 5−6−7−8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari o‘tkazilmaydi. Ixtisoslashtirilgan davlat maktablari va maktab-internatlar esa buni ichki nizomiga ko‘ra bajaradi. Shuningdek, dam olish kunlari hisobiga 9-sinf bitiruvchilari «Jismoniy tarbiya» fanidan yakuniy nazorat imtihonlarini har yilgidek 2−7 may kunlari emas, balki 11−14 mayda topshiradi.

Xorijda turib masofadan ishlash uchun O‘zbekiston hududida tasdiqnoma olish talabi bekor qilinmoqda
21 aprel 2022, 14:11

Xorijda turib masofadan ishlash uchun O‘zbekiston hududida tasdiqnoma olish talabi bekor qilinmoqda

1 iyuldan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning ayrim talab va shartlari bekor qilinmoqda. Jumladan, xorijda turib masofaviy (onlayn) shaklda ishlash uchun O‘zbekiston hududida tasdiqnoma olish shart bo‘lmaydi.

Toshkentda Xalqlar do‘stligi maydoni atrofidagi ko‘chalar vaqtincha yopiladi
21 aprel 2022, 13:13

Toshkentda Xalqlar do‘stligi maydoni atrofidagi ko‘chalar vaqtincha yopiladi

23−24 aprel kunlari Toshkentda Xalqlar do‘stligi maydoni atrofida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tishi munosabati bilan bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi.

Paxtaobodda zaxiradagi yerni sotmoqchi bo‘lgan irrigatsiya va kadastr bo‘limi xodimlari ushlandi
21 aprel 2022, 13:02

Paxtaobodda zaxiradagi yerni sotmoqchi bo‘lgan irrigatsiya va kadastr bo‘limi xodimlari ushlandi

Paxtaobod tumanida irrigatsiya bo‘limida ishlaydigan aka o‘zining kadastr bo‘limida ishlaydigan ukasi orqali tuman hokimligi zaxirasidagi 10 sotix yer maydonini uy-joy qurish uchun sotmoqchi bo‘lganlikda gumon qilinmoqda. Gumonlanuvchilar fuqarodan 10,1 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

DXMlarda o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi joylar tashkil etiladi
21 aprel 2022, 12:55

DXMlarda o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi joylar tashkil etiladi

1 iyundan davlat xizmatlari markazlarida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi joylar tashkil etiladi. Shuningdek, DXMlardagi bank shoxobchalarida to‘lov amalga oshirilganda, foizgacha bo‘lgan bank komissiyasi olinmaydi. «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar OTMlarga kirish imtihonlari uchun to‘lovdan ozod qilindi.

Sirdaryoda Nexia-3 gaz balloni portlab, butunlay yaroqsiz holga keldi
21 aprel 2022, 12:20

Sirdaryoda Nexia-3 gaz balloni portlab, butunlay yaroqsiz holga keldi

Yangiyer shahrida Nexia-3 avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida mashina butunlay yaroqsiz holga keldi. Hodisada hech kim jabrlanmadi. 2 mashina zararlandi.

Qirg‘izistondagi OTMlarga kiritib, so‘ng o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21 aprel 2022, 11:40

Qirg‘izistondagi OTMlarga kiritib, so‘ng o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida fuqarolarni Qirg‘izistondagi OTMlarga o‘qishga kiritib, so‘ng o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib berishni va’da qilganlikda gumonlangan shaxslar ushlandi. Ushlanganlar fuqarolardan jami 5680 dollar va 26 mln so‘m olgan.

Uy-joyning «snos» ga tushganini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi
21 aprel 2022, 10:38

Uy-joyning «snos» ga tushganini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Hukumat qarori bilan ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi holati to‘g‘risida ma’lumotnoma 3 ish kunida DXM yoki YAIDXP orqali beriladi. Bundan tashqari, bino va inshootlar tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish, loyiha-smeta hujjatlarni kelishish, qurilishni boshlash uchun obyektni ro‘yxatdan o‘tkazish zarurligi belgilanmoqda.

Sel oqibatlari: 260 ta xo‘jalik talofat ko‘rdi, 6 ta maktab, 2 ta MTMga suv kirdi, 6 kishi qutqarildi
21 aprel 2022, 10:30

Sel oqibatlari: 260 ta xo‘jalik talofat ko‘rdi, 6 ta maktab, 2 ta MTMga suv kirdi, 6 kishi qutqarildi

20 aprel kuni Samarqand va Jizzax viloyatlarida 1,5 soatda bir oylik miqdorda yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel oqimlari va toshqin suvlari yuzaga keldi. Natijada har ikki viloyatda jami 364 ta uy-joy, 6 ta maktab va 2 ta MTMning yerto‘la va hovlilarigaga suv kirgan. 26 ta xo‘jalik turli darajada talofat ko‘rdi. 6 kishi qutqarildi, 100 dan ziyod aholi evakuatsiya qilindi.

Telefon raqami orqali barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda
21 aprel 2022, 10:11

Telefon raqami orqali barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda

1-avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanishda shaxsni aniqlash uchun Mobil-ID tizimi joriy etiladi. Bunda fuqarolar tizim orqali elektron raqamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Mudofaa vazirligi vagonlarda harbiy texnikalar tashilayotgani aks etgan videoga izoh berdi
20 aprel 2022, 22:19

Mudofaa vazirligi vagonlarda harbiy texnikalar tashilayotgani aks etgan videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda harbiy texnikalar temir yo‘l vagonlarida tashilayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi bu holat qo‘shinlarda rejaviy almashtirish ishlari ekanini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting