Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljanov 22 aprel kunidan boshlab O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Kiyev shahrida o‘z ish faoliyatini to‘liq tiklaganini ma’lum qildi.

Rasmiy vakil savollar yuzasidan elchixonaga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilsh mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Manzil: Kiyev shahri, Volodymyrska ko‘chasi, 16, 01901.

Tel.: +380 44 501 50 00 (umumiy savollar), +380 44 501 41 81 (umumiy savollar), +380 44 501 41 82 (konsullik bo‘limi) va +380 44 501 41 83 (konsullik bo‘limi), el. pochta: embassy@uzbekistan.org.ua

Eslatib o‘tamiz, 14 mart kuni O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vaqtincha Lvov shahriga ko‘chirilgan edi.