21 aprel kuni Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida «A.Jomiy» MFYdagi Nexia-3 avtomobilining gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea soat 09:50 larda Mudofaa vazirligi tizimidagi «Vatanparvar» tashkiloti binosi ro‘parasida sodir bo‘lgan.

Fuqaro B. Q.ga (1994 yilda tug‘ilgan) tegishli Nexia 3 rusumli avtomobilining gaz balloni yorilgan va natijada avtomobil butkul yaroqsiz holga kelgan. Uning yonidagi 2 ta avtotransport vositalariga esa texnik zarar yetgan. Shuningdek, mashina yaqinida bo‘lgan choyxonaning 10 kv m maydonda oynasi sinib, zararlangan.

Voqea joyida yong‘in sodir bo‘lmagan, hech kim tan jarohati olmagan.

Hozirda viloyat FVB va IIB YHXB xodimlari dastlabki surishtiruv ishlari olib bormoqda.