Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi 21-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining muassasa panjarasi ortidan «uxodite» («keting») deb baqirishayotgani aks etgan video tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati voqea yuzasidan izoh berdi.

XTV ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentdagi 21-Mehribonlik uyida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan ushbu muassasaga Vazirlar Mahkamasining mutasaddilari, Bolalar bo‘yicha ombudsman, XTV rahbariyati, Toshkent shahar hokimi, Milliy gvardiya, shahar prokuraturasi, va tegishli mutassadilar muassasaga kelgan holda vaziyatni o‘rgandilar.

«O‘rganilganda muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan xodimlardan biriga nisbatan e’tiroz kayfiyati shakllangani aniqlandi», — deyiladi xabarda.

Ayni damda muhit barqarorligi, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari kun tartibi bo‘yicha shug‘ullanayotgani va vaziyat nazoratga olingani ma’lum qilindi.