O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Toshkent aeroporti yaqinidagi temir yo‘l orqali vagonlarda harbiy texnika olib o‘tilayotgani aks etgan videolavhaga izoh berdi.

«O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq har yili ta’mirlash zavodlari negizida kapital va o‘rta ta’mirdan chiqarilgan harbiy texnikalarni qo‘shinlarda rejaviy almashtirish ishlari amalga oshirilib boriladi», — deyiladi xabarda.

Videolavhada ta’minot va shaxsiy tarkibni tashish uchun mo‘ljallangan texnikalarning qo‘shinlariga yuborilishi aks etgan.