23−24 aprel kunlari Toshkentda, Xalqlar do‘stligi maydoni atrofidagi ko‘chalarda sportchilar va havaskorlar orasida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tishi munosabati bilan bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shunday qilib, musobaqa kunlarida soat 06:00 dan 14:30 ga qadar:

  • Furqat ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi va Seul ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
  • Islom Karimov shoh ko‘chasining Furqat va Bunyodkor shoh ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
  • Bunyodkor shoh ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi va Seul ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
  • Seul ko‘chasining Bunyodkor shoh ko‘chasi va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi qismi yopiladi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ushbu vaqt oralig‘ida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etdi. Shuningdek, ulardan tartibga soluvchilarning ishoralariga, yo‘l belgilari va chiziqlarining talablariga rioya qilishlarini so‘radi.