Hukumatning 20 apreldagi «Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi [200-son] qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Hujjat bilan ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Bino va turar joylarning buzilishga tushganlik holati haqida ma’lumotnoma olish uchun DXM yoki YAIDXPga murojaat qilinadi. Xizmatni ko‘rsatish uning uchun BHMning 5 foizi miqdorida (YAIDXPga orqali murojaat qilganda summaning 90 foizi) yig‘im undiriladi.

Ma’lumotnoma olish uchun arizalar YAIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Ma’lumotnoma 3 ish kunida rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchining elektron maziliga yuborilib, unga bu haqida xabar beriladi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi. Vakolatli organ «snos» holatini o‘rganib, natijasi bo‘yicha QR-kodli ma’lumotnomani DXM yoki YAIDXP orqali taqdim etadi.

Hukumat qarori bilan shuningdek, quyidagilar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi:

  • bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
  • bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish;
  • arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish;
  • loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
  • qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish.