Jamiyat

1 sentabrdan avtomobilni boshqarish uchun ishonchnoma onlayn rasmiylashtiriladi
7 iyul 2022, 17:57 7

1 sentabrdan avtomobilni boshqarish uchun ishonchnoma onlayn rasmiylashtiriladi

1 sentabrdan boshlab avtotransportni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalar my.gov.uz orqali onlayn rasmiylashtiriladi va uni notariusdan tasdiqlash talab etilmaydi. Bir oylik ishonchnoma uchun to‘lov 90 ming so‘m, uch yillik uchun esa 900 ming so‘mni tashkil qiladi.

Taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi
7 iyul 2022, 17:43

Taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi

1 sentabrdan 2025 yilga qadar taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida qaraladi va ularning faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi. Avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab esa bekor qilinadi.

Yuridik shaxslar haydovchilarining har ikki yilda malakasini oshirish talabi bekor qilindi
7 iyul 2022, 17:35

Yuridik shaxslar haydovchilarining har ikki yilda malakasini oshirish talabi bekor qilindi

Prezident qarori bilan ikki yilda bir marta yuridik shaxslar haydovchilarining majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilindi. Qolaversa, endi fuqaro o‘z mashinasini taksichilik uchun yuridik shaxsga ijaraga berganda notarial tasdiqlashi shart bo‘lmaydi.

Sport hakamlariga malaka toifalari DXM orqali beriladi
7 iyul 2022, 17:21

Sport hakamlariga malaka toifalari DXM orqali beriladi

Hukumat qarori bilan hakamlarga malaka toifalari Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali taqdim etilishi belgilandi. Hakam arizaga ish joyi bergan taqdimnomani ilova qilishi lozim, xizmat narxi 300 ming so‘mni tashkil etadi.

The Financial Times`da O‘zbekistonning xususiylashtirish dasturi haqida maqola chop etildi
7 iyul 2022, 15:00

The Financial Times`da O‘zbekistonning xususiylashtirish dasturi haqida maqola chop etildi

Xalqaro moliyaviy nashr The Financial Times «O‘zbekistonning xususiylashtirish dasturi — mamlakatdagi eng yirik o‘g‘it ishlab chiqaruvchi korxona» nomli maqolani chop etdi.

O‘zbekiston ilk bor YUNESKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi
7 iyul 2022, 14:53

O‘zbekiston ilk bor YUNESKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi

O‘zbekiston birinchi marta YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi. O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatlab, 105 mamlakat ovoz berdi.

IIV Nukusdagi namoyishchilarni tarqatish vositalarini namoyish etdi (+foto)
7 iyul 2022, 13:22

IIV Nukusdagi namoyishchilarni tarqatish vositalarini namoyish etdi (+foto)

Nukusdagi namoyishlarni tarqatish uchun maxsus vositalar qo‘llanilganidan bir necha kun o‘tib O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ushbu vositalar qanday ishlashini ko‘rsatuvchi videoni e’lon qildi. «Gazeta.uz» ushbu vositalar suratlari va ulardan foydalanish oqibatlarini e’lon qilmoqda.

Buxorodagi yettita obyekt Islom olamining madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
7 iyul 2022, 12:30

Buxorodagi yettita obyekt Islom olamining madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor-Bakr va Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poyi kalon ansambli, qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasasi — Islom olamining madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Andijonda 37 kishi ovqatdan zaharlanishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
7 iyul 2022, 12:08 1

Andijonda 37 kishi ovqatdan zaharlanishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda «FRESH FOOD 2020» oilaviy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida 37 kishi zaharlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Oilaviy korxonaga tegishli uchta shoxobcha faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. SSV vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.

Metro Qurbon hayiti kuni bir soatga vaqtliroq ish boshlaydi
7 iyul 2022, 11:54

Metro Qurbon hayiti kuni bir soatga vaqtliroq ish boshlaydi

9 iyul kuni Toshkent metropoliteni Qurbon hayiti kuni munosabati bilan o‘z faoliyatini soat 04:00 dan boshlaydi.

Nukusda texnopark tashkil etiladi
7 iyul 2022, 10:31

Nukusda texnopark tashkil etiladi

Qoraqalpog‘istonda 30 gektar maydonda «Nukus texnoparki» maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. Energiya tejamkor ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish texnopark faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Unga mahalliy va xorijiy investorlar jalb etiladi.

Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekati bir haftaga yopiladi
7 iyul 2022, 09:56

Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekati bir haftaga yopiladi

Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekati yo‘l o‘tkazgich o‘rnatilishi sababli 11 iyuldan 18 iyulga qadar yopiladi. Qolaversa, 11 iyuldan avgustga qadar yo‘nalishdagi poyezdlar soat 05:00 dan 23:00 gacha ishlaydi.

Andijonda 37 kishi ovqatdan zaharlandi
7 iyul 2022, 09:33

Andijonda 37 kishi ovqatdan zaharlandi

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida 37 kishi «nonburger» dan zaharlandi. Ularning 17 nafari shifoxonaga yotqizildi.

TIV Qoraqalpog‘istonda internet soxta xabarlar sababli cheklanganini tan oldi
6 iyul 2022, 23:46

TIV Qoraqalpog‘istonda internet soxta xabarlar sababli cheklanganini tan oldi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qoraqalpog‘istonda uyali aloqa va Internet «soxta yangiliklarni tarqatib, dushman kayfiyatdagi kuchlar fuqarolarni aksilkonstitutsiyaviy faoliyatga ommaviy ravishda jalb qilishga uringanlari» sababli cheklanganini ma’lum qildi.

Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi
6 iyul 2022, 15:50

Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi

Musulmonlar idorasi Qurbon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi. Hayit namozi Toshkent shahrida soat 05:20da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

SSV vaziri bolalarni massaj qildirish bo‘yicha ota-onalarga murojaat bilan chiqdi
6 iyul 2022, 15:44

SSV vaziri bolalarni massaj qildirish bo‘yicha ota-onalarga murojaat bilan chiqdi

SSV vaziri Behzod Musayev diplom va malakasi yo‘q shaxs yosh bolani qiynab, massaj qilgan holatga munosabat bildirdi. Vazir ota-onalardan «ruxsatnoma va malakaga ega bo‘lmagan kimsalarga farzandlarining taqdiri va salomatligini ishonib topshirmasliklarini» so‘radi.

OTMga kirish imtihonlari ochiq havoda o‘tkaziladi
6 iyul 2022, 15:31

OTMga kirish imtihonlari ochiq havoda o‘tkaziladi

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari ochiq havoda o‘tkaziladi, deb xabar berdi Davlat test markazi.

Dam olish kunlarida Toshkent avtobuslari qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi
6 iyul 2022, 14:57

Dam olish kunlarida Toshkent avtobuslari qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi

9 va 10 iyul kunlari poytaxt avtobuslari yakshanbalik, 11 va 12 iyul kunlari esa shanbalik jadval asosida harakatlanadi.

«Qulay, sokin hayot ko‘pchilikni qanoatlantiradi. Meni esa yo‘q» — bastakor Aziza Sodiqova
6 iyul 2022, 14:56

«Qulay, sokin hayot ko‘pchilikni qanoatlantiradi. Meni esa yo‘q» — bastakor Aziza Sodiqova

Aziza Sodiqova — Toshkentlik bastakor. U Berlinda ijod qiladi, Yevropaning yirik konsert zallari va festivallarida yangraydigan opera va orkestr asarlarini yaratadi. «Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasi doirasida u Yevropadagi ish va o‘qish haqida gapirdi hamda yosh musiqachilarga maslahatlar berdi.

IIBB Zo‘r TV telekanali binosi minalashtirilgani to‘g‘risidagi xabarni tekshirdi
6 iyul 2022, 13:43

IIBB Zo‘r TV telekanali binosi minalashtirilgani to‘g‘risidagi xabarni tekshirdi

6 iyul kuni Toshkent shahar IIBBga Yashnobod tumanidagi Zo‘r TV telekanali binosi minalashtirilgani to‘g‘risidagi xabar kelib tushdi. Hudud o‘rganilganda, xabar tasdiqlanmadi. Boshqarma tergov olib bormoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting